Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.4K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cybermonth

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi

IIV mutaxassislari tomonidan Termiz shahridagi ko'p qavatli uylar va jamoat joylarida aholi o‘rtasida kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Viloyatimiz bo‘ylab "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍15🙏4🔥3
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrifi doirasida amaliy tadbirlar boshlandi. Bugun viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlarning tarmoq va sohalar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarining yangi yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi va ma’ruzalari tinglandi. Ikki viloyat rahbari ham O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining say-harakatlari bilan ikki mamlakatning strategik hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotganini qayd etishdi.

Tadbir yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi va Novosibirsk viloyati hukumati o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi hamda ushbu memorandumni ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Delegatsiyamizning Novosibirsk viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

#Surxondaro #Novosibirsk #uchrashuv #hamkorlik #memorandum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍37👏5🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chilla – iste’dodlar mavsumi

Surxondaryo viloyatida “Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun” shiori Chilla – iste’dodlar mavsumi madaniy tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirlar Termiz tumani markazida joylashgan “Marvarid” dam olish maskanida 6 ta yo‘nalishda yoshlarning turli bellashuvlari, ko‘rgazmalar, filmlar namoyishi hamda galakonsert tomoshalari bilan davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu madaniy tadbirlar 15-30-iyul kunlari 15 kun davomida o‘tkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍14🔥5🎉2🤝2
Ayni vaqtda Rossiyaning Novosibirsk viloyatida tashrifini davom ettirayotgan Surxondaryo delegatsiyasi bugun Novosibirsk viloyati sanoat va logistika parki faoliyati bilan tanishdi. Umumiy maydoni 1 059 gektar bo‘lgan parkda 60 mlrd rubllik investitsiyalar jalb qilingan.

Viloyatimiz rahbari boshchiligidagi delegatsiya park hududida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar, amalga oshirilayotgan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalar bilan tanishdi. Bugungi kunda park hududida Rossiya va xorijiy kompaniyalar investorlari o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishgan.

Park hududida asosiy muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari, jumladan, yuqori bosimli gaz quvuri, elektr tarmog‘i obyektlari, issiqlik ta’minoti tizimi, umumiy temir yo‘l va uchastka ichidagi avtomobil yo‘llar investorlar uchastkalari bo‘ylab birlashtirilgan.

Viloyat rahbari park faoliyati bilan tanishib, mutasaddilarga ushbu tajribani Surxondaryoda joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi.

#Surxondaro #Novosibirsk

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍24👏41👎1🔥1
Ayni vaqtda Novosibirsk viloyatida bo‘lib turgan Surxondaryo delegatsiyasi tarikibida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, vohamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ta’lim sohasi mutasaddilari ham tashrif buyurgan.

Viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari rektorlari Novosibirskdagi hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar hamda muzokaralar davomida Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qator kelishuvlar imzolandi. Xususan, tibbiyot, farmasevtika, muhandislik, ijtimoiy-iqtisodiy, arxitektura va qurilish hamda fizika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga kelishilib olindi.

#Surxondaro #Novosibirsk #oliytalim #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍26🔥3👏21🕊1