Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
🛡#cybermonth

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi


Termiz shahrida jamoat joylarida aholi o‘rtasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Patrul post xizmati tomonidan kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Shifobaxsh giyohlar tabiat shaydolarini maftun etmoqda

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘idagi shifobaxsh o‘simliklar ham bepoyon tog‘u-dashtlarga fusunkor tabiat in’om etgan noyob boylik.

Shu kunlarda maftunkor tabiat maskaniga qadam tashlasangiz turli dardlarga darmon bo‘ladigan yuzlab turdagi giyohni uchratasiz.


Batafsil: https://uza.uz/posts/615822

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanida bo‘lib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.

Tashrif davomida “Sho‘rchi grand mebel” MChJ tomonidan mebel va eshik romlari ishlab chiqarish, tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Ishga marhamat monomarkazining Sho‘rchi tumani filialining ochilish tadbiri o‘tkazildi. Shuningdek, yog'och yashiklar tayyorlash, bruschatka va plitkalar ishlab chiqarish korxonalari ish jarayonlari ko‘zdan kechildi.

Tashrif yakunida ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilaning muammolari o‘rganilib, turmush va uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2148

#Surxondaryo #loyihalar #ishorinlari #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Sho‘rchi tumani hokimligi zalida o'tkazilgan onlayn qabulda 47 nafar tadbirkorning 55 ta turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 10 tasi qabul davomida hal etildi hamda 45 ta murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Mutasaddilarga ijro uchun yo‘naltirilgan masalalarni puxta o‘rganish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishda mas’uliyat bilan ishlash vazifasi topshirildi va murojaat ijrosi qat’iy nazorat ostida ekanligi qayd etildi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlarimizdan o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan quyidagi telegram botga murojaat qilishlarini so'raymiz:
@surxondaryo_tadbirkorlari_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X