Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Termiz tumanida turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, obyektlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz San’at kollejining ta’mirdan chiqarilgan o‘quvchilar turar joyi, xotin-qizlar bandligi ta’minlangan qandolatchilik sexi faoliyati hamda “Qirqqiz” madaniy meros obyekti bilan tanishildi. Shuningdek, Termiz shahrida ajrim yoqasidagi oila va Termiz tumanidagi probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2140

#Surxondaryo #Sanatmaktabi #Qirqqiz #xotinqizlarbandligi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
❗️Ogoh bo‘ling feyk: "Prezident tavsiya qilgan KAFOLAT"
——
Firibgarlar tomonidan takroran instagram ijtimoiy tarmog‘i hamda telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.

Hurmatli fuqarolar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling! 

#stop_feyk_kiberjinoyatlar
〰️〰️〰️

"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari bugun Bandixon tumanida aholi, nuroniylar hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari uchun o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qandolatchilik sexi faoliyati, ajrim yoqasidagi oila muammolari va “Qirqqiz” yodgorligi restavratsiyasi bilan tanishildi hamda probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston bo‘ylab pirlar turistik marshruti ishlab chiqildi

Yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar va mahalliy aholi uchun sayohat yo‘nalishlarini aniqlashda qulaylik yaratish maqsadida turli turistik marshrutlar ishlab chiqilmoqda.

Xususan, navbatdagi ishlab chiqilgan pirlar turistik marshrutidan Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolar o‘rin olgan. Jumladan, vohamizda joylashgan Alauddin Attor (Denov tumani), Mavlono Muhammad Zohid va So‘fi Olloyor (Oltinsoy tumani) hamda Al-Hakim At-Termiziy (Termiz tumani) majmualari marshrut yo‘nalishiga kiritilgan.

Ilova qilingan foto orqali marshrut bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#cybermonth

"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
〰️〰️〰️

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha Qumqo‘rg‘on, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on tumanlarida korxona tashkilotlar, savdo nuqtalari, jamoat joylari hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan choralar hamda bu kabi har xil aldovlarga ishonmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar hamda aholi xonadonlari bilan tanishish maqsadida Sherobod tumaniga tashrif buyurdi.

Viloyat rahbari “Imron gold fayz” MCHJning mebel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi orqali olingan imtiyozli kredit mablag‘i evaziga tashkil etilgan oilaviy bog‘cha faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, xonadonlarda bo‘lib, “Sayxunobod” tajribasi asosida qilingan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2141

#Surxondaryo #tadbirkorlik #ishlabchiqarish #bogcha #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X