Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.2K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Davlatimiz rahbarining videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida bitiruvchi talabalar va ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda Termiz davlat universitetida yangidan ochilgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2134

#Surxondaryo #yoshlarbandligi #mehnatyarmarkasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
💻 Firibgarlar tomonidan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali “AT Xalq banki” nomidan foydalanib xato so‘zlar bilan tarqatilayotgan "Tezkor mikroqarz 3 daqiqada hujjatlarsiz" mazmunidagi yolg‘on xabarlar kelsa, ASLO ularga IShONMANG.

Kredit bo‘yicha ma’lumot olish uchun bankning rasmiy manbasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.

#stop_feyk_kiberjinoyatlar

☝️ Hurmatli fuqarolar, agarda Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 📞 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!
〰️〰️〰️〰️〰️

Surxondaryo viloyatida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, navbatdagi shunday tadbirlar bugun Termiz tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasida joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan bir guruh bitiruvchi talabalar bilan uchrashib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, ta’lim maskanlarini a’lo baholarga tamomlagan bakalavr va magistrlik darajasini egallagan bir guruh bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zi yakunida viloyat hokimidan tortib, barcha sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarmalar mutasaddilari yoshlarga ko‘makchi ekanligini, ularning hayotda o‘z yo‘llarini topishi, munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi uchun barcha yordamlar ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 8 ming nafardan ortiq surxondaryolik yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tamomlashmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Diqqat e’lon: Ijtimoiy himoya sohasidagi murojaatlaringizni bot orqali yo‘llang!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan aholi murojaatlarini tezkor qabul qilish va hal etish bo‘yicha xizmatlarni yanada qulay qilish maqsadida rasmiy telegram bot ishga tushirildi.

📲 Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali yo‘llashingiz mumkin:
@IHMA_Surxondaryo_murojaat_bot

☝️Ushbu elektron platforma orqali qabul qilingan har bir murojaat qisqa muddatda koʻrib chiqilib, ularga qonun doirasida tezkor yechim topish choralari koʻriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2 541 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling:

Oltinsoy tumanidan 149 ta (ko'rish)
Angor tumanidan 127 ta (ko'rish)
Bandixon tumanidan 222 ta (ko'rish)
Muzrabot tumanidan 360 ta (ko'rish)
Denov tumanidan 106 ta (ko'rish)
Jarqo'rg'on tumanidan 111 ta (ko'rish)
Qumqo'rg'on tumanidan 165 ta (ko'rish)
Qiziriq tumanidan 268 ta (ko'rish)
Sariosiyo tumanidan 138 ta (ko'rish)
Termiz tumanidan 224 ta (ko'rish)
Uzun tumanidan 101 ta (ko'rish)
Sherobod tumanidan 199 ta (ko'rish)
Sho'rchi tumanidan 364 ta (ko'rish)
Termiz shahridan 7 ta (ko'rish)

Eslatma: Mazkur yerlar maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun kunning ikkinchi yarmida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurib, Guliston mahallasida “Uychi tumani tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, tumanda turizm va yoshlar ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlar ko‘rib chiqildi.

Mahalla hududidagi 14-sonli maktabning yangi o‘quv yili va kuz-qiz mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Tashrif yakunida viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2137

#Surxondaryo #bandlik #yoshlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X