Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
#Infografika

☑️Asosiy va xalqaro fan olimpiadalarida surxondaryolik o‘quvchilarning erishgan natijalari raqamlarda

▪️2021-2022-o‘quv yilida:
Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 48 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 1 nafari g‘olib bo‘lgan.

▪️2022-2023-o‘quv yilida:
Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 2 nafari g‘olib bo‘lgan.

▪️2023-2024-o‘quv yilida:
Xalqaro fan olimpiadasida - 3 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 2 nafari g‘olib bo‘ldi.
Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 7 nafari faxrli o‘rinlarni egalladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbarining videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida bitiruvchi talabalar va ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda Termiz davlat universitetida yangidan ochilgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2134

#Surxondaryo #yoshlarbandligi #mehnatyarmarkasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
💻 Firibgarlar tomonidan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali “AT Xalq banki” nomidan foydalanib xato so‘zlar bilan tarqatilayotgan "Tezkor mikroqarz 3 daqiqada hujjatlarsiz" mazmunidagi yolg‘on xabarlar kelsa, ASLO ularga IShONMANG.

Kredit bo‘yicha ma’lumot olish uchun bankning rasmiy manbasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.

#stop_feyk_kiberjinoyatlar

☝️ Hurmatli fuqarolar, agarda Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 📞 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!
〰️〰️〰️〰️〰️

Surxondaryo viloyatida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, navbatdagi shunday tadbirlar bugun Termiz tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasida joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan bir guruh bitiruvchi talabalar bilan uchrashib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, ta’lim maskanlarini a’lo baholarga tamomlagan bakalavr va magistrlik darajasini egallagan bir guruh bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zi yakunida viloyat hokimidan tortib, barcha sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarmalar mutasaddilari yoshlarga ko‘makchi ekanligini, ularning hayotda o‘z yo‘llarini topishi, munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi uchun barcha yordamlar ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 8 ming nafardan ortiq surxondaryolik yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tamomlashmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X