Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun, 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Surxondaryoning barcha shahar va tumanlarida erta tongdan boshlangan yugurish va yurish marafonlari, ommaviy badantarbiya mashqlari, turli sport musobaqalari hamda boshqa intellektual o‘yinlar bilan boshlandi hamda bu kabi tadbirlar kun bo‘yi davom etdi.

Bayramning asosiy tadbirlari kechki vaqt barcha hududlardagi markaziy o‘yingoh, maydonlar, maskanlar hamda sayilgohlarda o‘tkazildi. Xususan, Termiz shahridagi “Yoshlar sayilgohi”da tashkil etilgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.  Vohalik yoshlarni bayram bilan qutladi.

Shundan so‘ng, ochiq deb e’lon qilingan konsent dasturlari taniqli san’atkorlarning chiqishlari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar bilan davom etdi. Bayram tadbirlari yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

#Surxondaryo #Yoshlarkuni #galakonsert

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Yoshlar sayilgohida navqiron yoshlik bayrami, “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan galakonsert dasturi namoyish etildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Uza | Habibulla Murodov: “Endi to‘siqlar yo‘q, ishlaydigan davr keldi”

Surxondaryo viloyatidagi “Denov – Ravnaq – Kamoli” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qo‘shni respublikalarga ham eksport qilinmoqda.

Mamlakatimizda tadbirkorlarning har taraflama qo‘llab-quvvatlanayotgani ularning ishlab chiqarish hajmi va tayyor mahsulot sifatini oshirish hamda eksporti uchun qulay muhit yaratmoqda. Bunday imkoniyatdan oqilona foydalanayotgan “Denov – Ravnaq – Kamoli” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan charm poyafzallar mamlakatimizdan tashqarida ham o‘z xaridorlarini topmoqda.


Batafsil: https://uza.uz/posts/612259

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan topshiriqlarga asosan vohamizning har bir hududidan tanlab olingan og‘ir toifadagi mahallalarda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini tashkil etish, tumanlarda energiya tejamkorligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda turar joylar massivlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.

Xususan, ushbu tumanlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda tajriba tariqasida tashkil etilgan BSK faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, hududlarda elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutasaddilarining energotejamkorlik masalasida olib borayotgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2132

#Suxondaryo #massivlar #turarjoylar #BSK #qurilish #energotejamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔹 Qumqo'rg'on tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:
8-hudud 2-uchastka (Boymoqli MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Surxondaryo viloyati hokimligi: Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho'basi mudiri;

🔹 Angor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: boshligʼi;

🔹 Sariosiyo tumani statistika bo'limi: Bosh mutaxassisi.

❗️Arizalar 05.07.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Onlayn tuzoqdan ehtiyot bo‘ling!

Surxondaryo viloyatida 1-iyuldan 31-iyulgacha “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi o‘tkazilmoqda.

Bu haqda Termiz shahrida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month“ doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mas’ul idoralar va jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/612546

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba!

Mamlakatimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbol bo‘yicha terma jamoamiz aynan shu shior ostida Parij-2024 maydonlarida bellashadi.

Bir guruh tashabbuskorlar tomonidan jamoa madhiyasi uchun video suratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Ertangi mo‘l hosil bugun amalga oshirayotgan agrotexnik tadbirlarimizga bog‘liq”

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida g‘o‘za parvarishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda agrotexnik tadbirlarning borishi bilan tanishdi. Hududlardagi klaster va fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida bajarilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Hududlarga biriktirilgan viloyat Ishchi guruhi vakillari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, rivojdan orqada qolayotgan dalalarda parvarishlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullarining hisobotlari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2133

#Surxondaryo #paxta #agrotexniktadbirlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Diqqat e'lon: Mehnat yarmarkasiga marhamat

Ertaga, 3-iyul kuni soat 8:00 dan boshlab, Termiz shahridagi San'at saroyi binosida Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur mehnat yarmarkasi Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, viloyatdagi barcha boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan tashkil etilmoqda.

Ushbu mehnat yarmarkasi ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar, probatsiya ro‘yxatida turgan ishsizlarni bandligiga ko‘maklashish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida o'tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar biz sizga o‘zingizga maqbul bo‘lgan ish o‘rinlariga ishga joylashishingizda ko‘maklashamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#Infografika

☑️Asosiy va xalqaro fan olimpiadalarida surxondaryolik o‘quvchilarning erishgan natijalari raqamlarda

▪️2021-2022-o‘quv yilida:
Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 48 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 1 nafari g‘olib bo‘lgan.

▪️2022-2023-o‘quv yilida:
Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 2 nafari g‘olib bo‘lgan.

▪️2023-2024-o‘quv yilida:
Xalqaro fan olimpiadasida - 3 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 2 nafari g‘olib bo‘ldi.
Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 7 nafari faxrli o‘rinlarni egalladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbarining videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida bitiruvchi talabalar va ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda Termiz davlat universitetida yangidan ochilgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2134

#Surxondaryo #yoshlarbandligi #mehnatyarmarkasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X