Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.6K photos
3.25K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
❗️Ichimlik suvi o‘chirilayotgan hududlarga maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi

“Xo‘jaipok” TISICH va Tarqatish bo‘limi birinchi suv ko‘tarish inshootining 2, 5 va 8-bo‘limi guruhli suv ishlab chiqarish inshootlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi 7 ta tumanning ushbu magistral suv quvuri orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan hududlarida, 20-iyun kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Oltinsoy tumani;
Qumqo‘rg‘on tumani;
Bandixon tumani;
Qiziriq tumani;
Sherobod tumani;
Muzrabot tumani;
Angor tumani.

☝️Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz tumani va Termiz shahridagi tibbiyot muassasalari hamda umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2120

#Surxondaryo #tibbiyot #shifoxona #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik-texnologiya instituti binosida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2121

#Surxondaryo #yoshlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Shifoxonalardagi sharoitlar va ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
YUNISEF vakillari ko‘p tilli muqobil guruhlar faoliyati bilan tanishishdi

Avval xabar berganimizdek, 2023-yil oktyabr oyidan Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlikda YUNISEF xalqaro tashkiloti va Yevropa ittifoqi ko‘magi asosida ta’lim sohasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan jamoalar uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi davlat bog‘chalarida o‘nta ko‘p tilli innovasion, inklyuziv muqobil guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Kastijio va Shveysariya elchixonasi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Raxel Byosh hamda Maktabgacha ta’lim agentligi mutasaddilari Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta’lim guruhlarini tashkil etish bo‘yicha Surxondaryo tajribasi bilan yaqindan tanishishdi.

Ma’lumot uchun, xalqaro hamkorlik natijasida vohada tashkil etilgan ko‘p tilli muqobil guruhlarga muhtoj oilalarning 400 nafardan ortiq 3-6 yoshli farzandlari, jumladan, viloyatda yashovchi afg‘on bolalari qamrab olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X