Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.4K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
❗️Qurbon hayitida shahar avtobuslari yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan Qurbon hayitining birinchi kunida aholiga jamoat transporti xizmatini qulay qilish maqsadida Termiz shahridagi yo‘nalishli avtobuslar harakatini tongi soat 04:00 dan boshlaydi.

Shuningdek, Qurbon hayitining birinchi kuni, 16-iyun sanasida “Termiztransxizmat” filiali hamda "AngorAvtotrans" DUK tasarrufidagi 1, 3, 5, 6, 7, 8, 15, 17, 245, 246-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar tongi soat 04:00 dan 09:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍36👏3🙏32🔥2
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida og‘ir hudud toifasidagi mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq mahallalarida BSKlar faoliyatini tashkil etish taqdimotlari bilan tanishdi.

Tumandagi “Xangaronsoy” sel-suv ombori, “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi, “Manguzar–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yo‘lining 111 km qismida semento-beton qoplamasi yotqizish hamda “Kemping” xizmatlari ko‘rsatuvchi turizm majmuasi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Zoom” platformasi orqali Termiz shahri va tumanlarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, davlat g‘amxo‘rligiga olingan 56 nafar yoshlarga uy-joy kalitlarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2117

#Surxondaryo #yirikloyihalar #taqdimotlar #uyjoytopshirish #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍23👏5🔥1
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatga chegirmalar eʼlon qilindi

Turizm qo‘mitasi tomonidan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2024-yil 16-18-iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilmoqda.

Xususan, yurtimizda joylashgan davlat teatrlari va mehmonxonalar hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar bilan havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍27👏4🔥2
Termiz shahrida og‘ir hudud toifasidagi mahallada qilingan ishlar bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahridagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Temiryo‘lchi mahallasida infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shahar sektor rahbarlari mahallada bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida taqdimot qilishdi. Mahalla “yettiligi” o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Viloyat rahbari mahalla bo‘ylab yurib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mahallaning o‘sish nuqtalari, drayver sohalari bilan qiziqdi. Aholi bilan muloqot qilinib, murojaatlari tinglandi hamda mas’ullarga muammolarni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi”ga aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, mahallani bir oy muddatda “yashil” toifaga o‘tkazish vazifalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍25👏3👎1🔥1