Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Daniya va Eron investorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Daniya qirolligining “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi direktori Nik Kianzad hamda Eron Islom Respublikasining “Ashkina Bino Group” kompaniyasi direktori Madina Kianzadni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy biznes assotsiatsiyasi rahbari Baxtiyor Muhammadiyev ham ishtirok etdi.

Muzokaralarda vohamizda “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi bilan quyosh elektrostanitsiyasi qurish, chiqindini qayta ishlash orqali 25 turdagi mahsulotlar, havodan ichimlik suvi va sug‘orish suvi olish texnologiyalari ishlab chiqarish, avtobuslar keltirish hamda gaz va neft qazib olish, shuningdek, “Ashkina Bino Group” kompaniyasi bilan organik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari investorlar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor bo‘lishini ta’kidlab, loyihalarni amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlarini kompaniyalarning mutaxassislari bilan ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

#Surxondaryo #Daniya #Eron #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, “Surxon” suv omborida vohamizdagi mavjud suv omborlari, o‘rmon xo‘jaliklari va davlat qo‘riqxonalari hududida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuskorlarning taqdimotlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, “To‘maris” to‘yxonasida lider tadbirkor ayollar va ularning onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, “Mashhura” o‘quv markazida xotin-qizlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish masalalari muhokama qilindi. Yakunda g‘alla o‘rim-yig‘imi tadbirlarining borishi bilan ham tanishilib, sektorlar va otryad rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/2096

#Surxondaryo #ekoturizm #taqdimot #lidertadbirkorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Surxondaryoga xorijlik investorlar sarmoya kiritishni istamoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Daniya qirolligining “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi direktori Nik Kianzad va Eron Islom Respublikasining “Ashkina Bino Group” kompaniyasi direktori Madina Kianzadni qabul qildi.

Muzokaralar chog‘ida “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi bilan quyosh elektrostansiyasi qurish, chiqindini qayta ishlash orqali 25 turdagi mahsulot hamda havodan ichimlik va sug‘orish suvi olish texnologiyalari ishlab chiqarish, yo‘lovchi avtobuslar keltirish, gaz va neft qazib olish bo‘yicha hamkorlik qilish loyihasi muhokama etildi.

“Ashkina Bino Group” kompaniyasining organik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ham ko‘rib chiqildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/603693

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qumqo‘rg‘onda ekoturizm loyihalari taqdimoti va xotin-qizlar bandligi bilan tanishildi hamda lider tadbirkor ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Ko‘plab dunyo mamlakatlarida 72 yildan buyon 1-iyun – yozning ilk kunida Xalqaro bolalar kunini nishonlashadi. Dam olish kuni bo‘lmasa ham bu kun haqiqiy bolalar bayrami hisoblanadi.

1949-yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangradi.

Urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi. Shu sabab 1950-yildan e’tiboran 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshladi.

1989-yilda BMT Bosh Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlashni joriy qilish to‘g‘risida yozilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Uzun tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 1-iyun kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Uzun tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida Termiz muhandislik-texnologiya institutida OAV vakillari hamda blogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda vohamizda keng ko‘lamli islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan loyihalar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaat va masalalarning hal etilishi, hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida tahlil qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2097

#Surxondaryo #OAV #faollar #ochiqmuloqot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X