Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.3K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kunning ikkinchi yarmida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumining borishi hamda g‘o‘za parvarishi ishlari bilan tanishish maqsadida Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘ldi.

Xususan, Angor tumanida “Zamin Angor cluster”, Muzrabot tumanida “Do‘sanov Alisher” va "Qosimov Isoxon" fermer xo‘jaliklari, Sherobod tumanida “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi hamda Qiziriq tumanida “Surxon cotton textile cluster” MChJning g‘alla maydonlarida o‘rim ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Sherobod tumanidagi “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi g‘allaning gektaridan 107 sentnerdan, Muzrabot tumanidagi “Do‘sanov Alisher” fermer xo‘jaligi 84 sentnerdan hosil olishga erishganligi qayd etildi.

Viloyat hokimi sektorlar va o‘rim otryadlari rahbarlarining o‘rim-yig‘im tadbirlarining tashkil etilishi, ish jarayonlarining belgilangan grafik bo‘yicha bosqichma-bosqich borishi yuzasidan axborotlarini tingladi.

Shuningdek, hududlarda g‘o‘za parvarishi, agrotexnik tadbirlar va o‘g‘itlash ishlari bilan ham tanishildi. Mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍252👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz va Jarqo‘rg‘onda ijtimoiy soha hamda Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriqda g‘alla o‘rimi, g‘o‘za parvarishi jarayonlari o‘rganildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍24👏43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Xatak - miloddan avvalgi 100-40 ming yillik tarixga ega neandertal odamlar manzillaridan biri

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan Xatak qishlog‘i atrofi to‘liq tog‘lar bilan o‘ralgan so‘lim manzil hisoblanadi.

Xatak qishlog‘i atrofini o‘ragan tog‘larda Xatak g‘ori joylashgan bo‘lib, g‘or hududida 2022-yilda O‘zbekiston va Avstraliyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan izlanishlarda miloddan avvalgi 100-40 ming yillikka oid neandertal odam makoni topilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍26👏31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Uzunda 2 000 yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍273🔥2👏2
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔹 Surxondaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi: Yuriskonsulti;

🔹Denov tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi: boshlig'i;

🔹Uzun tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi: boshlig'i;

🔹Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi: Bo‘ston mahallasida hokim yordamchisi;

🔹Angor tumani hokimligi: Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar masalalari majmuasi bosh mutaхassisi;

🔹Yoshlar ishlari agentligi Denov tumani bo‘limi: O'zgarish mahallasida yoshlar yetakchisi;

🔹Boysun tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limi: boshlig‘i;

🔹Qiziriq tumani hokimligi: Yuriskonsulti;

🔹Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Devonxona va murojaatlar bo'limi murojaatlar va dispetcherlik хizmati sho'basi bosh mutaхassisi;

🔹Denov tumani hokimligi: Mehnatobod mahallasida hokim yordamchisi;

🔹Uzun tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: hayvonlar sog'ligini saqlash tashxisi va oziq ovqat mahsulotlari xafsizligi bo'yicha bosh mutaxassisi;

🔹Yoshlar ishlari agentligi Angor tumani bo‘limi: Bosh buхgalteri;

🔹Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo‘limi: Yangi obod mahallasi yoshlar yetakchisi;

❗️Arizalar 02.06.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍39🕊2🤝1
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida zamonaviy issiqxona, sutni qayta ishlash korxonasi, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdi.

“Sayxunobod” tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, Sebzor mahallasida tashkil etilgan baliqchilik loyihalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, viloyat rahbari Tojikiston davlati bilan chegara hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan erkin iqtisodiy zona uchun tanlab olingan maydonini ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2095

#Surxondaryo #issiqxona #korxona #inshoot #baliqchilik #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍33👏32🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sariosiyoda yirik issiqxona va korxonalar faoliyati hamda aholi bandligi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍23👏21
Surxondaryodagi 2 ta maktab 11-sinf bitiruvchilarining barchasi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Joriy o‘quv yilida Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 41 nafar, Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 16 nafar 11-sinf o‘quvchilari tamomlamoqda. Ushbu maktablarning barcha bitiruvchilari muddatidan oldin xorijiy hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.

Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf bitiruvchilarining 7 nafari ham muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi. Ular orasida Kanadaning Vest, Italiyaning Siena, AQSHning Kent State University, Kanadaning International Business University kabi xorijiy oliygohlar hamda Vestministr universitetining Toshkent filiali kabi nufuzli universitetlar ham bor.

Bundan tashqari, Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab internati bitiruvchilarining 18 nafari ham muddatidan oldin "Tashkent International University" oliygohi talabasi bo'lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍70👏11🔥3🎉2