Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33K photos
3.28K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryolik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tabrigi va sovg‘alari yetkazildi

Prezidentimizning joriy yil 7-maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida sektor rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar boshliqlari Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Boysun tumanida istiqomat qiluvchi uch nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylari xonadonida bo‘lishib, ularga Prezidentimizning bayram tabrigi, 20 million so‘mdan pul mukofoti hamda sovg‘alarni yetkazib berishdi.

Faxriy nuroniylarimiz suhbatda o‘zlarining urush yillari xotiralari, o‘tgan davrlarning qiyinchiliklari, hayot tajribalari haqida so‘zlab berishdi. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini takror takror ta’kidladilar, Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Nuroniylar va tadbirga jam bo‘lganlar mustaqilligimiz abadiyligi, yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Viloyat hokimining bugungi ish faoliyatidan:

Sport turlari va parasport bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqalariga start berildi;

Sportni rivojlantirish, ommaviy sportni targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi;

Shahar va tumanlardagi 54 ta mahalla uchun yangi binolar foydalanishga topshirildi;

Nuroniylar va frontorti mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi;

Denov tumanida BSK qurilishi hamda Bolalar kutubxonasi loyihasi taqdimoti bilan tanishildi;

Surxondaryolik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tabrigi, pul mukofoti hamda sovg‘alari yetkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Xotira bor ekan — millat barhayot

Surxondaryoda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda.

Bugun erta tongdan Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi.

Mamlakatimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlanayotgani zamirida ajdodlar xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanligini namoyon bo‘lmoqda.

#Surxondaryo #9may #Xotiravaqadrlash

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoliklarning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi:

1941-1945-yillar davomida frontga 53 ming 365 nafar surxondaryolik jo‘natilgan. Ularning 11 ming nafari jangda halok bo‘lgan;

Viloyat urush davrida 210 ming tonna paxta, 15 ming sentr go‘sht, 50 ming sentr guruch, 1 700 dona qorako‘l teri, 360 tonna pilla topshirdi. Shuningdek, 6 ming bosh qoramol, 800 ming tonnadan ortiq bug‘doy va yorma, 20 tonna moy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natilgan. Viloyat teatrlari konsertlar qo‘yib, mudofaa uchun mablag‘ yiqqan;

Viloyat aholisi front uchun issiq kiyim, meva, go‘sht, bug‘doy va boshqa mahsulotlarni yig‘ib, yetkazib turdi;

Qizil armiyaga 9 ming juft po‘stin, 64 ming mo‘ynali nimcha, 100 ming juft mo‘ynali junli qo‘lqop, 20 mingdan ko‘proq piyma, million rubl pul yig‘ib yuborilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-may — Xotira va qadrlash kuni

Termiz shahridagi Xotira maydonida joylashgan Motamsaro Ona haykali poyiga harbiy orkestor sadolari ostida gulchambarlar qo‘yildi.

Buyuk G‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, shu yorug‘ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlar, Mustaqillik va tinchlik yo‘lida kurashgan o‘g‘lonlar xotirasi yod etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

Bugungi bayram tadbirlari Termiz shahridagi Xotira maydonida taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi.

“Vatanparvarlar bog‘i”da Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari, frontdagi voqealar, front ortidagi og‘ir hayotni aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, harbiylashtirilgan chiqishlar hamda qurol-aslahalar namoyish etildi.

Shuningdek, viloyatimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, halok bo‘lgan jangchi-faxriylarimizning oila a’zolari, front ortida mehnat qilgan nuroniylarimiz, davlat va jamoat tashkilotlari, harbiylar va yoshlar ishtirokida xotira tadbiri dasturxoni yozildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X