Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.4K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Shahar va tumanlar kesimida sohalar bo‘yicha kunlik ko‘rsatkichlar bajarilishi tahlili yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir tarmoqda amalga oshirilgan ishlar natijalari jamlanib, mas’ullar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlanib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi “Hokimlik soati”da ushbu ko‘rsatkichlarning aprel oyidagi ijrosi muhokama qilindi. Tahlillarga ko‘ra oy davomida samarali faoliyat yuritgan mutasaddilarni rag‘batlantirish, “qizil” toifaga tushgan, oy davomida yomon ko‘rsatkichlarni muntazzam qayd etgan mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.

Shuningdek, 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlar rahbarlariga qabriston va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, nogironligi bo‘lgan, uyda yotib qolgan keksalar hamda ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

#Surxondaryo #Hokimliksoati #tahlil #9may

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍36🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-may — Xotira va qadrlash kuni

Termiz davlat universiteti mas’ullari va bir guruh talaba yoshlar II Jahon urushi qatnashchisi Shohimardon bobo Hamroyevning xonadonida bo‘lishdi.

Boysunlik Shohimardon Hamroyev umrining eng gullagan yillarini II Jahon urushining olovli jangohlarida oʻtkazdi. U daxshatli urush jarayonida Varonej, Latviya, Litviya, Estoniya kabi davlatlarni dushmandan ozod qilishga oʻz hissasini qoʻshgan.

Vataniga qaytgan qahramon pedagogika sohasida oʻqishni tamomlab, 40 yil davomida Boysun tumanidagi maktabda rus-tili fanidan dars berib keldi. Shu zahmatli kasbi ortidan "Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi" nishoni bilan taqdirlandi.

Ayni paytda 102 yoshni qarshilagan Shohimardon bobo Hamroyev 11 nafar farzand, 48 nafar nevara, 70 nafar chevara va 7 nafar evaralari davrasida umrguzaronlik qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍353🔥3👏2
UzA | Yana “Boysun bahori”da ko‘rishguncha xayr!

So‘lim Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda dunyo tamadduni beshiklaridan biri, milliy urf-odatlarimiz makoni Boysun tumanida 1-7-may kunlari o‘tkazilgan an’anaviy festival dunyo xalqlarining ochiq osmon ostidagi do‘stlik, hamjihatlik, san’at va qadriyatlar bayramiga aylangani alohida ta’kidlandi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/596141

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍26🔥2
Viloyat hokimi kubogi sovrindorlari aniqlandi

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining yakuniy tadbirlari doirasida bugun viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” uchun "Zakovat" intellektual o‘yinlari turnirining viloyat final bosqichi o‘tkazildi.

Markaziy amfiteatr maydonida, ochiq osmon ostida tashkil etilgan tanlov yuqori saviyada o‘tkazildi.

Final o‘yinining yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 9-maktab jamoasi (Termiz shahri);
🥈 22-maktab jamoasi (Angor tumani);
🥉 35-maktab jamoasi (Qumqo‘rg‘on tumani).

Gʻolib jamoalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍22🔥2👏2🎉21
Surxondaryoda qovun pishdi

Vohalik dehqonlar har yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birinchilardan yetishtirib, yurtimiz bozor rastalariga yetkazib beradi. Iqlim va tuproq sharoitlari mahsulot yetishtirish uchun qulay bo‘lgan surxondaryolik mirishkorlar poliz mahsulotlarini ham iste’molchilarga yetkazib berishni boshlashdi.

Xususan, Angor tumani Yuqori Tallimaron mahallasida bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, xorijlik investorlar tomonidan tashkil etilgan "Qodir shahb" MCHJ dalalariga erta bahorda ekilgan “Dakara” navli qovunning ilk hosili pishib yetildi.

Ayni kunlarda pishib yetilgan qovunlarni aholi iste'moli uchun mahalliy bozorlarga chiqarish hamda xorijiy davlatlarga eksport qilish ishlari boshlanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍422🔥2👏2