Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Asosiy tadbirlar o‘tkaziladigan maydongacha bepul jamoat transporti xizmati yo‘lga qo‘yildi

🚧 Xabar berilganidek, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini olish hamda harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 1-7-may kunlari tuman hududidan o‘tuvchi quyidagi yo‘llarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi:

4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 24-26-kilometrlari oralig‘i;

4R-104 “Qumqo‘rg‘on-Kofrun-Boysun” avtomobil yo‘lining 60-61-kilometrlari oralig‘i;

6K-611 “Boysun-Rabot-Pitov” avtomobil yo‘lining 2-4-kilometrlari oralig‘i;

“Bibishirin” mahallasi “Qadamjo” ko‘chalarining ayrim qismlarida.

🚌 Transport harakati cheklangan hududlardagi avtoturargohlardan asosiy tadbirlar maydonigacha tomoshabinlarning xavfsiz va qiyinchiliklarsiz yetib olishi uchun bepul jamoat transporti xizmati yo‘lga qo‘yildi.

❗️Festivalga tashrif buyuruvchilardan harakat xavfsizligiga rioya qilgan holda bepul jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijliklarda "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali tadbirlari katta taassurot uyg‘otmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Festivalga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar delegatsiyalari hamda sayyohlar tantanali kutib olindi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | “Boysun bahori” mehmonlari kutib olinmoqda

Termiz xalqaro aeroportida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga kelgan dastlabki chet ellik mehmonlar tantanali kutib olindi.

Delegatsiyalar safida xorijiy davlatlar, diplomatik korpuslar va xalqaro tashkilotlarning vakillari bor.


Batafsil: https://uza.uz/posts/594228

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali barchani unitilmas tomoshalarga chorlamoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrifi davomida bog‘cha va maktab faoliyati bilan tanishdi hamda “Otalar yig‘ilishi”da ishtirok etdi.

Shuningdek, Bolalar musiqa va san’at maktabida mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar idoralariga tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalari binolarini xatlovdan o‘tkazish, ta’mirtalablarini aniqlab, takliflar tayyorlash vazifasi topshirildi.

Tuman mutasaddilariga Birdamlik mahallasida “Sayxunobod tajribasi”ni namunali joriy etish, aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha vazifalar yuklandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2023

#Surxondaryo #maktab #bogcha #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari

Bugun “Boysun bahori” festivali Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bilan boshlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimligi
❗️Festival doirasida o‘tkaziladigan kurash musobaqalari vaqtida o‘zgarish bo‘ldi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida o‘tkaziladigan milliy kurash musobaqalari vaqtlari bilan tanishing: 3-may kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha: erkaklar o‘rtasida…
📢 Kurash musobaqasida ishtirok etuvchi polvonlar diqqatiga

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida o‘tkaziladigan milliy kurash musobaqalarining 3-may kuniga belgilangan bahslarida ishtirok etuvchi kurashchilar uchun ertaga, 2-may kuni soat 14:00 da Boysun tumani “Alpomish” o‘yingohida vazn o'chash va ro‘yxatga olish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining ikkinchi kunidan o‘rin olgan tadbirlar bilan tanishing!

2-kun, 2-may:
🕗 soat 06:00 dan 08:00 gacha – Havo sharlari uchirish tadbiri (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 09:00 dan 10:00 gacha – Velo marafon musobaqalari (“Xo‘jamayxona” ziyoratgohi yo‘llarida);

🕗 soat 10:00 dan 14:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Xorijdan tashrif buyurgan folklor jamoalar chiqishlari (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 11:00 dan 13:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕔 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Uzun va Sariosiyo tumanlari folklor jamoalari hamda Toshkent shahridan tashrif buyuradigan taniqli san’atkorlar ijrosida gala konsert (Boysun tumani “Alpomish” o‘yingohida);

🕗 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Festivalning tantanali ochilishi tadbiri (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 21:00 dan 21:30 gacha – “Dron” shou tomoshalari (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕔 soat 21:30 dan 22:00 gacha – Mushakbozlik (Amfiteatr markaziy sahnasi).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Surxondaryoda «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali boshlandi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Boysun osmoni uzra 20 ta havo shari parvoz qilmoqda

Ayni vaqtda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tayotgan Turizm kompleksi hududidan rang-barang va turli namunalardagi jami 20 ta havo shari Boysun uzra osmonga ko‘tarildi.

Qiziquvchilar sharlar bortida turib qush parvozi balandligida betakror tabiat manzaralari va ertaknamo hududning fazoviy manzarasini tomosha qilish, yoqimli kadrlarni foto va video kamera xotirasiga muhrlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

E’tiborlisi, eng ko‘p – 20 ta havo shari parvozi O‘rta Osiyoda ilk bor Surxondaryoda, Boysun osmonida amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter