Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.21K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘tgan yili Bandixon tumani Birdamlik mahallasiga tashrifida berilgan topshiriqqa asosan hududdagi tibbiyot maskanini yangidan qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, Bosh vazirning Surxondaryoga tashrifida taqdimot qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun respublika byudjetidan 2,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish ta’mirlash ishlari olib borildi.

Bugun zamonaviy tipda qad rostlagan tibbiyot maskani yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi, nuroniylar, tibbiyot xodimlari, soha mas’ullari hamda faollar ishtirok etdi. So‘z olganlar Prezidentimizning aholi salomatligini ta’minlashga qaratayotgan e’tibori sabab Birdamlik mahallasi aholisi ham sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganligini ta’kidlab, buning uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Tadbirda, shuningdek, tibbiyot maskanida “Elektron poliklinika” tizimini joriy etish uchun kompyuter jamlanmalari, patronaj hamshiralariga elektroskuterlar va tibbiyot sumkalari ham topshirildi. Viloyat rahbari bu kabi yaratilgan sharoitlardan so‘ng, aholining tibbiy xizmatdan roziligini ta’minlash uchun shifokor va patronaj hamshiralari sidqidildan xizmat qilishlari lozimligini ta’kidladi.

#Surxondaryo #tibbiyot #poliklinika #yangibino

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Asosiy tadbirlar o‘tkaziladigan maydongacha bepul jamoat transporti xizmati yo‘lga qo‘yildi

🚧 Xabar berilganidek, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini olish hamda harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 1-7-may kunlari tuman hududidan o‘tuvchi quyidagi yo‘llarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi:

4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 24-26-kilometrlari oralig‘i;

4R-104 “Qumqo‘rg‘on-Kofrun-Boysun” avtomobil yo‘lining 60-61-kilometrlari oralig‘i;

6K-611 “Boysun-Rabot-Pitov” avtomobil yo‘lining 2-4-kilometrlari oralig‘i;

“Bibishirin” mahallasi “Qadamjo” ko‘chalarining ayrim qismlarida.

🚌 Transport harakati cheklangan hududlardagi avtoturargohlardan asosiy tadbirlar maydonigacha tomoshabinlarning xavfsiz va qiyinchiliklarsiz yetib olishi uchun bepul jamoat transporti xizmati yo‘lga qo‘yildi.

❗️Festivalga tashrif buyuruvchilardan harakat xavfsizligiga rioya qilgan holda bepul jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijliklarda "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali tadbirlari katta taassurot uyg‘otmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Festivalga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar delegatsiyalari hamda sayyohlar tantanali kutib olindi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | “Boysun bahori” mehmonlari kutib olinmoqda

Termiz xalqaro aeroportida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga kelgan dastlabki chet ellik mehmonlar tantanali kutib olindi.

Delegatsiyalar safida xorijiy davlatlar, diplomatik korpuslar va xalqaro tashkilotlarning vakillari bor.


Batafsil: https://uza.uz/posts/594228

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali barchani unitilmas tomoshalarga chorlamoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrifi davomida bog‘cha va maktab faoliyati bilan tanishdi hamda “Otalar yig‘ilishi”da ishtirok etdi.

Shuningdek, Bolalar musiqa va san’at maktabida mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar idoralariga tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalari binolarini xatlovdan o‘tkazish, ta’mirtalablarini aniqlab, takliflar tayyorlash vazifasi topshirildi.

Tuman mutasaddilariga Birdamlik mahallasida “Sayxunobod tajribasi”ni namunali joriy etish, aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha vazifalar yuklandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2023

#Surxondaryo #maktab #bogcha #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari

Bugun “Boysun bahori” festivali Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bilan boshlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter