📣 Boysun tumani aholisi va mehmonlari diqqatiga!
🚧 Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini olish hamda harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 1-7 may kunlari tuman hududidan o‘tuvchi quyidagi yo‘llarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi:
➖ 4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 24-26-kilometrlari oralig‘i;
➖ 4R-104 “Qumqo‘rg‘on-Kofrun-Boysun” avtomobil yo‘lining 60-61-kilometrlari oralig‘i;
➖ 6K-611 “Boysun-Rabot-Pitov” avtomobil yo‘lining 2-4-kilometrlari oralig‘i;
➖ “Bibishirin” mahallasi “Qadamjo” ko‘chalarining ayrim qismlarida.
🚌 Festival tomoshalariga shaxsiy avtotransport vositalarida tashrif buyurgan fuqarolar uchun avtoturargohlar tashkil etilgan bo‘lib, festival bo‘lib o‘tadigan asosiy maydongacha jamoat transporti xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
❗️Boysun tumani aholisi va mehmonlaridan ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga aylanma yo‘llardan, festivalga tashrif buyuruvchilarga esa jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining 1-kuni tadbirlari bilan tanishing:
🗓 1-may, 2024-yil:
🕗 soat 07:00 dan 10:00 gacha – Termiz xalqaro aeroporti va Boysun temir yo‘l vokzalida festival mehmonlarini tantanali kutib olish;
🕗 soat 14:00 dan 16:00 gacha – Termiz davlat universitetida “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🗓 1-may, 2024-yil:
🕗 soat 07:00 dan 10:00 gacha – Termiz xalqaro aeroporti va Boysun temir yo‘l vokzalida festival mehmonlarini tantanali kutib olish;
🕗 soat 14:00 dan 16:00 gacha – Termiz davlat universitetida “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Boysunda havo sharlari uchiriladi
Vohamizning ko‘hna Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida, ertaga, 2-may kuni ertalab soat 6:00 da 20 ta havo sharlari uchirish tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Barcha qiziquvchilar, OAV vakillari hamda blogerlarni mazkur tadbirlarga taklif etamiz.
Keling va betakror tabiat manzaralarini havo sharlarida tomosha qilib, zavq oling!

❗️Festival doirasida o‘tkaziladigan kurash musobaqalari vaqtida o‘zgarish bo‘ldi
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida o‘tkaziladigan milliy kurash musobaqalari vaqtlari bilan tanishing:
3-may kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha:
➖ erkaklar o‘rtasida +81 kg vazn toifasida;
➖ ayollar o‘rtasida +63 kg vazn toifasida.
4-may kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha:
➖ erkaklar o‘rtasida 66 va 81 kg vazn toifasida;
➖ ayollar o‘rtasida 63 kg vazn toifasida;
➖ yoshlar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida.
Oriyat bahslarida yurtimizning barcha hududlaridan, shuningdek, qo‘shni respublikalardan tashrif buyuradigan nomdor polvonlar ushbu vazn toifalari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.
🤼 Shiddatli bellashuvlar, son-sanoqsiz tomoshabinlarning qiy-chuviga to‘ladigan maydon zavqini tuyish, jo‘shqinlikni his qilish uchun barcha ixlosmandlarni Boysun tumani “Bibishirin” mahallasida joylashgan turizm kompleksi hududida bo‘lib o‘tadigan kurash musobaqalariga taklif etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site

Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga bag‘ishlangan “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘tgan yili Bandixon tumani Birdamlik mahallasiga tashrifida berilgan topshiriqqa asosan hududdagi tibbiyot maskanini yangidan qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, Bosh vazirning Surxondaryoga tashrifida taqdimot qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun respublika byudjetidan 2,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish ta’mirlash ishlari olib borildi.
Bugun zamonaviy tipda qad rostlagan tibbiyot maskani yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi, nuroniylar, tibbiyot xodimlari, soha mas’ullari hamda faollar ishtirok etdi. So‘z olganlar Prezidentimizning aholi salomatligini ta’minlashga qaratayotgan e’tibori sabab Birdamlik mahallasi aholisi ham sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganligini ta’kidlab, buning uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Tadbirda, shuningdek, tibbiyot maskanida “Elektron poliklinika” tizimini joriy etish uchun kompyuter jamlanmalari, patronaj hamshiralariga elektroskuterlar va tibbiyot sumkalari ham topshirildi. Viloyat rahbari bu kabi yaratilgan sharoitlardan so‘ng, aholining tibbiy xizmatdan roziligini ta’minlash uchun shifokor va patronaj hamshiralari sidqidildan xizmat qilishlari lozimligini ta’kidladi.
#Surxondaryo #tibbiyot #poliklinika #yangibino

Asosiy tadbirlar o‘tkaziladigan maydongacha bepul jamoat transporti xizmati yo‘lga qo‘yildi
🚧 Xabar berilganidek, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini olish hamda harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 1-7-may kunlari tuman hududidan o‘tuvchi quyidagi yo‘llarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi:
➖ 4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 24-26-kilometrlari oralig‘i;
➖ 4R-104 “Qumqo‘rg‘on-Kofrun-Boysun” avtomobil yo‘lining 60-61-kilometrlari oralig‘i;
➖ 6K-611 “Boysun-Rabot-Pitov” avtomobil yo‘lining 2-4-kilometrlari oralig‘i;
➖ “Bibishirin” mahallasi “Qadamjo” ko‘chalarining ayrim qismlarida.
🚌 Transport harakati cheklangan hududlardagi avtoturargohlardan asosiy tadbirlar maydonigacha tomoshabinlarning xavfsiz va qiyinchiliklarsiz yetib olishi uchun bepul jamoat transporti xizmati yo‘lga qo‘yildi.
❗️Festivalga tashrif buyuruvchilardan harakat xavfsizligiga rioya qilgan holda bepul jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Xorijliklarda "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali tadbirlari katta taassurot uyg‘otmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Festivalga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar delegatsiyalari hamda sayyohlar tantanali kutib olindi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | “Boysun bahori” mehmonlari kutib olinmoqda
Termiz xalqaro aeroportida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga kelgan dastlabki chet ellik mehmonlar tantanali kutib olindi.
Delegatsiyalar safida xorijiy davlatlar, diplomatik korpuslar va xalqaro tashkilotlarning vakillari bor.
Batafsil: https://uza.uz/posts/594228
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz xalqaro aeroportida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga kelgan dastlabki chet ellik mehmonlar tantanali kutib olindi.
Delegatsiyalar safida xorijiy davlatlar, diplomatik korpuslar va xalqaro tashkilotlarning vakillari bor.
Batafsil: https://uza.uz/posts/594228
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali barchani unitilmas tomoshalarga chorlamoqda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali barchani unitilmas tomoshalarga chorlamoqda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrifi davomida bog‘cha va maktab faoliyati bilan tanishdi hamda “Otalar yig‘ilishi”da ishtirok etdi.
Shuningdek, Bolalar musiqa va san’at maktabida mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar idoralariga tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalari binolarini xatlovdan o‘tkazish, ta’mirtalablarini aniqlab, takliflar tayyorlash vazifasi topshirildi.
Tuman mutasaddilariga Birdamlik mahallasida “Sayxunobod tajribasi”ni namunali joriy etish, aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha vazifalar yuklandi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2023
#Surxondaryo #maktab #bogcha #muhokama