Surxondaryo viloyati hokimligi
23.8K subscribers
37K photos
3.64K videos
3 files
15.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Angor tumanida g‘o‘za va g‘alla parvarishi tadbirlarining borishi muhokama qilindi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Angor tumani “M.Azizov” hududidagi “Zamin Angor klaster” MChJ paxta maydonida, viloyat ishchi guruhi tomonidan g‘alla hamda g‘o‘za parvarishi tadbirlarining borishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.

Ishchi guruh o‘rganishlari davomida ko‘chat olingan bo‘lsada ayrim dalalarda o‘g‘itlash hamda agrotexnik tadbirlar talab darajasida tashkil etilmaganligi qayd etildi. Viloyat rahbari tanqid qilingan holatlarni bartaraf etish, agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Ma’lumot uchun, Angor tumanida 2024-yil hosili uchun 4 734 gektar maydonga chigit va 7 000 gektar maydonda g‘alla urug‘lari ekilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍22👏2🙏2👎1🕊1
TURKSOY delegatsiyasi “Boysun bahori” festivalida ishtirok etadi

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY o‘z delegatsiyasi bilan joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali ishtirok etishini ma’lum qildi.

Mazkur tashkilot, 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvga asosan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda tashkilotga 13 mamlakat a’zo.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Ruminiya, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston kabi 20 ga yaqin davlatdan mashhur folklor jamoalari ishtirok etish istagini bildirishgan hamda takliflar kelishda davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍24🔥2👏21👎1
Avf etilganlar ijtimoiy hayotga yo‘naltirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoevning “Ramazon hayiti” bayrami munosabati bilan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga Surxondaryo viloyatidan ham 24 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalardan ozod etilib, yashash manzillariga qaytgandi.

Shu munosabat bilan bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlari afv etilganlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Viloyat rahbari afv etilgan fuqarolarga xalqimizga xos bag‘rikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentimizning ishonchini oqlab, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa ijtimoiy, hayotiy va moddiy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍34👏1🙏1
Surxondaryoda o‘rik eksporti boshlandi

O‘ziga xos iqlimi va tabiati sabab yurtimizda birinchilardan bo‘lib, erta bahordan meva-sabzavot mahsulotlari pishib yetiladigan Surxon vohasi, xususan, Termiz tumanida shu kunlarda o‘rik hosilini yig‘ishtirib olish mavsumi boshlandi.

Tumanning “Xalqobod” mahallasi hududida joylashgan “SPN Humoagro” MChJning 58 gektarda ekilgan o‘rikning Turkiya, Italiya va Gresiya kabi davlatlardan keltirilgan 18 turdagi ertapishar, hosildor navlari pishib yetildi.

O‘rik kunlik terib olinib, Rossiyaga eksport qilinmoqda hamda mahalliy aholi iste’moli uchun ichki bozorlarga chiqarilmoqda.

“SPN Humoagro” MChJ tomonidan bu yilgi mavsum davomida 1,5 ming tonnaga yaqin o‘rik hosilini yig‘ishtirib olish va eksport qilish rejalashtirilgan bo'lib, hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy ishchi oʻrni yaratilgan. Bog'ning har bir gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍34🔥7🕊4👎2
#xorijiy_OAV

"Stimme der Hauptastadt": O‘zbekiston butun dunyo folklorshunoslari va san’atkorlarini Surxondaryoga chorlamoqda

Germaniyaning "Stimme der Hauptastadt" ("Poytaxt ovozi") onlayn nashrida joriy yilning 1-7-may kunlari bo‘lib o‘tadigan "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

Unda yozilishicha, Sharqning ko‘p asrlik madaniy merosini ko‘z-qorachig‘idek asrab-avaylab, uni kelajak avlodlarga yetkazishda barcha imkoniyatlarini safarbar etayotgan Buyuk ipak yo‘lining durdonasi sifatida e’tirof etiladigan O‘zbekiston butun dunyo folklorshunoslari va san’atkorlarini Surxondaryoga chorlamoqda.

"2001-yilda Boysun tumani xalq hayotining noyob an’analarini saqlaydigan maskan sifatida YuNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. 2002-yil may oyida esa bu yerda qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan xalq ijrochilari ishtirokida "Boysun bahori" birinchi ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tgan edi",– deya ta’kidlagan "Stimme der Hauptastadt".

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍26👏21🔥1
#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 4 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍22🔥2👏2🤝1
📣 Matbuot anjumani | “Boysun bahorida” bizni qanday yangiliklar kutmoqda?

🖊 Mavzu: “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini yuqori badiiy saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy va ijodiy ishlar

🗓 Kun: 29-aprel
🕚 Vaqti: soat 10:00 da.

🎤 Ishtirok etadi: Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat, Turizm, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari mas’ullari

📍Tadbir joyi: “Matbuot uyi” binosi (Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi 30-uy).

🔰 Barcha jurnalist va blogerlarni ushbu media-tadbirga taklif etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍16👎4👏2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo’jaligi: tashabbus, intilish va natija

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida bir kilometr masofadan suv tortib kelib, 6 gektar maydonni foydalanishgan kiritgan, bog' yaratgan tadbirkorning tajribasi haqida so'z yuritiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍142👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Oltinsoy tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 27-aprel kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Oltinsoy tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍20👏5🤝1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida kanalizatsiya tarmog‘ini qurish, markaziy ko‘chalarni obodonlashtirish, Qumqo‘rg‘on tumanida 7 ta 9 qavatli jami 468 xonadonli energiya tejamkor materiallardan turar joylar majmuasi qurilishi bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qurilishi ham ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2018

#Surxondaryo #qurilish #loyihalar #taqdimot #turarjoy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍37👏4🙏3😐2