Surxondaryo viloyati hokimligi
24.5K subscribers
32.1K photos
3.2K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Raddiya: “Mehr daftari jamg‘armasi”dan avtomashina uchun mablag‘ ajratilmagan

Bugun Gazeta.uz sayti va boshqa telegram kanallarida qator viloyatlar hokimliklari, jumladan, Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan “Mehr daftari jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan avtomobil xarid qilinganligi to‘g‘risida xabarlar e’lon qilindi. Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 7-iyundagi 94-8-0-F/22-sonli farmoyishiga asosan viloyat budjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Lasetti” (Jentra) avtomobili xarid qilish uchun mablag‘ ajratilgan.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati hokimligi va “Uzavto motors” AJ nomidan tijorat vakilligini amalga oshiruvchi “Surxondaryo avtotexxizmat” MChJ o‘rtasida Xarid.uz” platformasi orqali 2022-yil 8-iyun kuni tuzilgan 3-113-2022-09230UA-sonli shartnomaga asosan 156 356 000 so‘m (bir yuz ellik olti million uch yuz ellik olti ming) so‘m mablag‘ 2022-yil 9-iyun kuni 2638100804-sonli to‘lov topshiriqnomasiga asosan “Uzavto motors” AJ hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan avtomobil xarid qilish uchun sarflangan mablag‘lar viloyat budjetining zaxira jamg‘armasi hisobidan ajratilgan bo‘lib, viloyat hokimligiga bog‘liq bo‘lmagani holda, serverdagi xatolik tufayli avtomobil xaridi manbasi “Mehr daftari” jamg‘armasi deb ko‘rsatilmoqda. Bu esa sayt va kanallarda yuqoridagi kabi materiallarning e’lon qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

Yana bir bora "Xarid.uz" platformasidagi xatolik viloyat hokimligiga bog‘liq emasligini bildirgan holda viloyat hokimining avtomashina xaridi uchun viloyat budjeti zaxirasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi farmoyishi va boshqa hujjatlarni ilova qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Denov va Sho‘rchi tumanlarida davom ettirib, ushbu hududlarda viloyat ishchi guruhi tomonidan g‘alla hamda g‘o‘za parvarishi tadbirlarining borishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini mutasaddilar ishtirokida muhokama qildi.

Xususan, muhokamalar Denov tumani “Xazarbog‘-1” hududidagi “Boboyorov Xidoyatullo Xoji Inotullayevich” fermer xo‘jaligi va Sho‘rchi tumani “Alpomish” hududidagi “Shaydullo ko‘klam” fermer xo‘jaligi paxta dalalarida sektor rahbarlari, soha mutasaddilari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Ayrim dalalarda ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligi, o‘g‘itlash hamda agrotexnik tadbirlar muddatida bajarilmaganligi qayd etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda tanqid qilingan holatlarni bartaraf etish, agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil hosili uchun Denov tumanida 8 788 gektarga chigit, 10 877 gektar maydonda g‘alla, Sho‘rchi tumanida 4 900 gektar maydonda chigit, 8 098 gektarda g‘alla urug‘lari ekilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston transport koridori orqali 2024-yili 1 mln tonnadan ortiq yuk tashishni rejalashtirilgan

Termiz shahrida Belarus-Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatlarning transport vazirligi rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda mazkur multimodal transport koridorini rivojlantirish yo‘li bilan Markaziy Osiyo va MDHga aʼzo davlatlarni O‘zbekiston orqali Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lash va O‘zbekistonning tranzit salohiyatini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar o‘rtasida yo‘l xaritasi imzolandi. Mazkur yo‘l xaritasida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalarni amalga oshirish belgilangan. Xususan, yuk tahlillarini olib borish, tashuv jarayonida elektron raqamli hujjatlardan foydalanish, tashuv jarayonlarini soddalashtirish bilan O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston orqali tranzit yuk tashuvlarini oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2024-yilda mazkur koridor orqali O‘zbekiston 1 mln tonnadan ortiq yuk tashishni rejalashtirgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanida o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi hamda muammolarini hal etish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Viloyat rahbari bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘qish va kasb-hunar egallashi uchun yaratib berilayotgan imkoniyat hamda imtiyozlar haqida to‘xtalib, yoshlardan ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishni so‘radi.

Uchrashuv yakunida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida subsidiya asosida asbob-uskunalar berilishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tavallo, Qodiriy, Cho‘lponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Og‘iz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetishmayapdi, jadidlar...

📹 Rolik Termiz shahridagi 26-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida tayyorlangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyatimiz delegatsiyasi Afg‘onistonga jo‘nab ketdi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston xalqi nomidan birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi.

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan bugun Hayratonda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tashrifning keyingi tafsilotlari haqida axborot berib boramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi

Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming 80 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lanch) o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazining o‘rinbosari Erkin Hamrayev va Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Balx viloyati rasmiylari Prezidentimiz va xalqimizga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirishdi. Birodar ikki xalqqa farovonlik tilab duolar qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter