Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
UzA | Kitobxonlik bayrami boshlandi

Bugun erta tongdan Termiz davlat universiteti axborot-kutubxona markazining ochiq maydonida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Viloyat kitobsevarlari bayrami mamlakatimizda o‘tkazilayotgan IV respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Termiz davlat universiteti, Adib Sobir Termiziy nomli viloyat axborot-kutubxona markazi va boshqa tashkilot, muassasalar hamkorligida tashkil etildi.

Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/591043

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Paxtaning mo‘l hosili, mexanizatorlarimizning sifatli va samarali ishiga bog‘liq”

Kecha viloyat hokimi Oltinsoy tumanida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi, agrotexnik tadbirlarning borishi, o‘quv markazi va mebel ishlab chiqarish korxonasi faoliyati hamda chorvachilik kompleksi loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bir kilometrdan suv tortib kelib 36 gektar bog‘ yaratgan nuroniyga minnatdorchilik bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga marhamat!

Festival joriy yilning 1-7 may kunlari Boysun tumani "Bibishirin" mahallasida joylashgan turizm kompleksida bo‘lib o‘tadi.
〰️〰️〰️

🇷🇺 Добро пожаловать на Международный фольклорный фестиваль «Бойсун бахори»!

Фестиваль пройдет 1-7 мая текущего года на территории туристического комплекса, расположенного в махалле «Бибиширин» Байсунского района.
〰️〰️〰️

🇬🇧 Welcome to the International Folklore Festival "Boysun bahori"!

The festival will be held on May 1-7 of this year at the tourist complex located in "Bibishirin"street of Boysun district.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan Gulyamov va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Surxondaryo viloyatida “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, aholining tomorqadan samarali foydalanishi, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa uy sharoitida daromad olish mumkin bo‘lgan loyihalar uchun kredit paketlari bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Seminar avvalida mehmonlar “Tinchlik yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi” faoliyati, bu yerda yoshlarga o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2008

#Surxondaryo #seminar #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Angor tumanida “Angor index” MChJ tomonidan qiymati 174 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 704 ta savdo do‘konlari, omborxona, qurilish va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish maydonlari, 850 o‘rinli avtoturargohni o‘z ichiga olgan majmua qurilib, bugun foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. 2 200 ta ish o‘rni yaratilishi maqsad qilingan ushbu majmua tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hamda aholi bandligini ta’minlashga katta hissa qo‘shishi qayd etildi.

Viloyat rahbari Angor tumaniga tashrifi davomida “Zang Gilambob” mahallasidagi xizmat ko‘rsatish markazi hamda “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2009

#Surxondaryo #Angorindex #savdokompleks #xizmatkorsatish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter