Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish samaradorligini oshirish, ularning uzoq yo‘l bosib, sarson bo‘lishlarini oldini olish maqsadida shahar va tumanlar studiyalari orqali navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.
Viloyat rahbari Boysun tumani hokimligi studiyasi orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish yoki qurish uchun subsidiya olish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi murojaatlari mas’ullar ishtirokida tinglandi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2006
#Surxondaryo #onlaynqabul #murojaat #ijro #yechim
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

🏨 Surxondaryoda mehmonxona qurgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (18.04.2024-y. № 218-son) qabul qildi.
Unga muvofiq:
➖ 2024-yil 1-maydan 2026-yil 31-dekabrga qadar Surxondaryo viloyatida investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi;
➖subsidiya belgilangan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan mehmonxona uchun uning toifasi va xonalar sonidan qat’i nazar ajratiladi;
➖subsidiya O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan, shuningdek, bankrotlik va tugatish jarayonida bo‘lmagan investorlarga ajratiladi.
Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
💰 toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun - 15 mln so‘m;
💰 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 20 mln so‘m;
💰 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 25 mln so‘m;
💰 3 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorida belgilangan miqdorlarda.

“Boysun bahori”ga tayyorgarlik jarayonlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda
Joriy yilning 1-7-may kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida Bibishirin mahallasida joylashgan turizm kompleksida yakuniy bosqichda olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Hozirda hududlar povilonlari hamda qo‘rg‘onlari milliy ko‘rinishda bezatilmoqda.
Viloyat rahbari amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ullarning axborotlarini tingladi. Ishlarni tez kunlarda yakunlab, festivalning badiiy qismining yakuniy tayyorgarligini asosiy va mobil sahnalarda taqdimot qilish topshirildi.

Muzrabot tumanida g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish tadbirlari bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani "Yangi avlod" hududida joylashgan "Ashur Jalil" fermer xo‘jaligi paxta dalasida g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish tadbirlari bilan tanishib, klaster hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mexanizatorlar hamda suvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Gʻo‘za qator oralariga ishlov berish, yagonalash ishlarini kechiktirmasdan o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi ta’kidlanib, bu borada ishlar sifatli tashkil etilmayotganligi tanqid qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman sektor rahbarlari hamda mutasaddilarga kultivatsiya va chopiqlash hamda yagonalash ishlarini bosqichma bosqich amalga oshirish, bunda zarur texnikalarni safarbar qilish vazifasi topshirildi.
Uchrashuv yakunida mexanizator va suvchilarga viloyat hokimligi sovg‘alari topshirildi.

🏖 Festivalga keling va maroqli hordiq oling
Joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumanida YUNESKO shafeligida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida qiziqarli tomoshalar bilan birga maroqli xordiq chiqarishingiz uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
⛺️ Festivalga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Boysun tumanining tog‘ yonbag‘irlaridagi so‘lim maskanlarda o‘tov uylari, piknik zonalar, tabiat qo‘ynida kafelar, ochiq osmon ostidagi umumiy ovqatlanish joylari tashkil etildi.
🏍 Shuningdek, kvadratsikl va havo sharlarida yanada maroqli sayohat taklif etiladi.
Ushbu maskanlarda dam olishingiz hamda tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
📍Manzillar: Geolokatsiya