Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Termiz shahrida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi” asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Respublika seminari o‘tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, onlayn tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1999

#Surxondaryo #Seminar #Manaviyatsektori #Suxondaryotajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Maktablar uchun 100 ming dona kitoblar karvoni hududlarga yo‘l oldi

Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi” asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Respublika seminari doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan vohamizdagi maktablarga jami 100 ming dona kitoblar jamlanmalari ajratildi.

Yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, maktablarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan kitoblar bugun hududlarga yo‘ldi. Har bir maktabga berilayotgan jamlanmalardan ilmiy va badiiy kitoblar o‘rin olgan.

#Surxondaryo #kitoblarkarvoni #Manaviyatsektori

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Surxondaryoda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Respublika seminari o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
O‘zbekiston energetikasida «ijtimoiy norma» tizimi joriy qilinadi

💡 Unga ko‘ra, elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz qoldirilgan — 1 kVt.soat uchun 1000 so‘m hamda 900 so‘mdan. Uchinchi guruh iste’molchilari, xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchilar uchun bir oylik iste’moldan kelib chiqib, qolgan barcha iste’molchilar uchun bir oydagi iste’moldan kelib chiqqan holda:

201-1000 kVt.soatni tashkil etsa – 900 so‘m;
1000 dan 5000 kVt.soatgacha – 1350 so‘m;
5000 dan 10000 kVt•soatgacha – 1575 so‘m;
10 ming kVt.soatdan oshsa – 1800 so‘m etib belgilandi.

🔥 Tabiiy gaz narxi esa barcha iste’molchilar (kubometri uchun 1500 so‘mdan) hamda yirik ulgurji iste’molchilar va budjet tashkilotlari uchun (kubometri uchun 1800 so‘mdan) o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Kommunal ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanadi. Jumladan, noyabr-fevral oylari uchun bir oylik iste’moldan kelib chiqib:

oyiga 500 kub/metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 501 kub/metrdan 2 500 kub/metrgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 2 501 kub/metrdan 5 000 kub/metrgacha – 1 950 so‘m;
oyiga 5 001 kub/metrdan 10 000 kub/metrgacha – 2 275 so‘m;
oyiga 10 001 kub/metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘lashi kerak bo‘ladi.

Mart-oktabr oylarida esa:

oyiga 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘laydi.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 1600 so‘m etib belgilanmoqda. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga 2024/2025 yilgi isitish mavsumida (noyabr-fevral oylarida) energetika to‘lovlari uchun 270 ming so‘mlik bir martalik yordam pullari beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🏖 Boysunning tog‘ yonbag‘rlaridagi maysazorlarda piknik zonalar tashkil qilindi

Xabar berilganidek, joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumanida YUNESKO shafeligida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi.

Hozirda xalqaro festivalga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, festivalga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Boysun tumanining “Xo‘jaqo‘shg‘or ota” hududidagi tog‘ yonbag‘rlaridagi bahavo joylar, yashil maysazorlarda piknik zonalar tashkil etildi.

Mazkur piknik zonalarda tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz sharoitlar yaratilib, tabiat va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda o‘rindiq, urna, soyabonlar o‘rnatmoqda.

Ushbu maskanlarda dam olishingiz hamda tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

📍Piknik zonalar manzillari: Geolokatsiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 14 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

Turizm rivoji va yangi imkoniyatlar


Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Boysun tumani misolida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
E-auksion platformasi orqali Surxondaryo viloyatidan savdoga chiqarilgan davlat mulklari bilan tanishing:

🔹 Angor tumanidan 4 ta (ko'rish);
🔹 Bandixon tumanidan 2 ta (ko'rish);
🔹 Boysun tumanidan 18 ta (ko'rish);
🔹 Muzrabot tumanidan 7 ta (ko'rish);
🔹 Oltinsoy tumanidan 4 ta (ko'rish);
🔹 Denov tumanidan 37 ta (ko'rish);
🔹 Jarqo‘rg‘on tumanidan 27 ta (ko'rish);
🔹 Qumqo‘rg‘on tumanidan 8 ta (ko'rish);
🔹 Qiziriq tumanidan 5 ta (ko'rish);
🔹 Sariosiyo tumanidan 4 ta (ko'rish);
🔹 Termiz tumanidan 14 ta (ko'rish);
🔹 Uzun tumanidan 11 ta (ko'rish);
🔹 Sherobod tumanidan 9 ta (ko'rish);
🔹 Sho‘rchi tumanidan 22 ta (ko'rish);
🔹 Termiz shahridan 40 ta (ko'rish).

☎️Murojaat uchun telefon:
+99899 203 00 30

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Shunday kunlar keladiki, bizda kambag‘allik va ishsizlik bo‘lmaydi. Buning uchun men umrimni tikkanman” – Prezident

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mutasaddilar bilan Denov tumanini "Sayxunobod tajribasi" asosida rivojlantirish loyihalarining borishi bilan tanishdi hamda maktablarda ta’lim jarayonlarining sifatli tashkil etilishini tahlil qildi.

Mutasaddilarga ta’lim sifatini oshirish, o‘quv binosini ta’mirlash, baliqchilik loyihalarini kengaytirish hamda Ezgulik ko‘chasini namunali ko‘chaga aylantirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2000

#Surxondaryo #maktab #talimsifati #baliqchilik #kichiksanoatzona #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter