Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimizning “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bu boradagi ishlar bilan tanishish va ommaviy ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etish uchun Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘ldi. Hudud rahbarlariga ekilgan har bir niholning sug‘orish tizimidan tortib, parvarishigacha mas’uliyat bilan yondoshish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1962

#Surxondaryo #Yashilmakon #kochatekish #sugorishtizimi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Eksport imkoniyatlari kengaymoqda

Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
💼 Yangi tayinlov

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xudoyqulov Yarash Shamsiddin o‘g‘li Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ya. Xudoyqulov 1994-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – informatika va axborot texnologiyalari.

Mehnat faoliyati davomida Termiz shahar hokimligi, Transport, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MChJ loyiha tashabbuskorlarini o‘qitish xizmati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
💼 Yangi tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan Samatov Fayzillo Mamayarovich qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

F.Samatov 1965-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mehnat faoliyati davomida Moliya hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida ijro intizomi, tashriflar davomida berilgan topshiriqlar va murojaatlar ijrosi, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlarining borishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish, “Hokim bog‘i” va “Yashil bog‘”lar tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan “Hokimlik soati” o‘tkazildi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan muhokamada kun tartibidagi masalalar tahlil qilinib, markaziy va hududiy studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari, sohalar va tarmoqlar mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Hudud va tarmoqlar rahbarlariga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1963

#Surxondaryo #hokimliksoati #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yashil makon: Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari o‘tkazildi

Kuni-kecha viloyat rahbari hududlarda bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish tadbirlarida ishtirok etdi va daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezidentimizning joriy yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi “Sayxunobod tajribasi”ni respublika bo‘yicha ommalashtirish vazifasi topshirilgan edi.

Mazkur tajribani Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida ham joriy etish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlangan bo‘lib, bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Shahar mahallalarida quyonchilik, issiqxonachilik hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tikuvchilik, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1964

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #quyonchilik #issiqxonachilik #tikuvchilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter