Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.4K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uygonish_sari_yol

Surxondaryo - janub gavhari!

Ijtimoiy roliklar tanloviga "Surxondaryo" televideniyesi montaj ustasi Asadbek Amonov tomonidan yuborilgan videorolik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍33🔥4👏31👎1🕊1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Daromad – dangasalikdan qutilish uchun eng yaxshi motivatsiya”

Kuni kecha Surxondaryo viloyati hokimi Boysun tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar hamda ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍49🔥5🕊2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga marhamat!

Ko‘hna va qadimiy Boysun barchani folklor etnografik jamoalarning chiqishlari, milliy sport o‘yinlari, turli tomoshalar, qator davlatlar vakillarining konsert dasturlari o‘rin olgan "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga chorlaydi.

Festival joriy yilning 1-7 may kunlari Boysun tumani "Bibishirin" mahallasida joylashgan turizm kompleksida bo‘lib o‘tadi.

Barcha tomoshabinlarni, mahalliy va xorijiy turistlarni festival tomoshalariga taklif etamiz.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtga qadar Rossiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Belorus, Ozarbayjon, Ruminiya, Pokiston, BAA va Hindistondan folklor jamoalar festivalda ishtirok etishini bildirgan. Takliflar kelishda davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍49🔥3👏3🕊3👎21🎉1😐1
Prezidentimizning “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bu boradagi ishlar bilan tanishish va ommaviy ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etish uchun Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘ldi. Hudud rahbarlariga ekilgan har bir niholning sug‘orish tizimidan tortib, parvarishigacha mas’uliyat bilan yondoshish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1962

#Surxondaryo #Yashilmakon #kochatekish #sugorishtizimi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍34🕊5👏3🤝3👎2😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Eksport imkoniyatlari kengaymoqda

Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍24🕊31🤝1
💼 Yangi tayinlov

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xudoyqulov Yarash Shamsiddin o‘g‘li Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ya. Xudoyqulov 1994-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – informatika va axborot texnologiyalari.

Mehnat faoliyati davomida Termiz shahar hokimligi, Transport, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MChJ loyiha tashabbuskorlarini o‘qitish xizmati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍77🔥7👏6
💼 Yangi tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan Samatov Fayzillo Mamayarovich qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

F.Samatov 1965-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mehnat faoliyati davomida Moliya hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍48👏6🤝3
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida ijro intizomi, tashriflar davomida berilgan topshiriqlar va murojaatlar ijrosi, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlarining borishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish, “Hokim bog‘i” va “Yashil bog‘”lar tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan “Hokimlik soati” o‘tkazildi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan muhokamada kun tartibidagi masalalar tahlil qilinib, markaziy va hududiy studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari, sohalar va tarmoqlar mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Hudud va tarmoqlar rahbarlariga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1963

#Surxondaryo #hokimliksoati #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍32🕊3👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yashil makon: Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari o‘tkazildi

Kuni-kecha viloyat rahbari hududlarda bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish tadbirlarida ishtirok etdi va daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍24🕊2👏1