Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan viloyat hokimligida mahalla tizimida faoliyat yuritayogan fidoyi, o‘z kasbining chinakam mehnatkashlari, ilg‘orlari bo‘lgan vohaliklar ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan surxondaryolik 3 nafar mahalla tizimi xodimlariga medall va ordenlar hamda 15 nafariga "Mahalla iftixori" ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1943

#Surxondaryo #mahallaxodimlari #medal #orden #kokraknishonlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Biz kimmiz, kimning avlodlarimiz

Buyuk ajdodlarimiz, jadid bobolarimiz xotirasiga bag‘ishlangan rolik.

Rollar Termiz shahridagi 26-sonli maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan. O‘quvchilar ushbu maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yulduz Hikmatullayeva tomonidan tayyorlangan.

Ajdodlar ta’limoti hikmat va ibratdir!

Rolik viloyat hokimining joriy yil 7-martda 26-sonli maktabga tashrifida berilgan tavsiyalar asosida drama teatrida "Surxondaryo" teleradiokanali tomonidan tasvirga olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida tashkil etilgan eksport logistika markazlari faoliyati bilan tanishdi. Eksportyor korxonalar va tadbirkorlar bilan muloqot qilindi.

Mutasaddilarga transport, logistika, karantin, bojxona va boshqa masalalardagi muammolarni tezkor hal etish, pishib yetilgan mahsulotlarning o‘z vaqtida eksport qilinishi, uning narx navosining dehqonlar mehnatiga munosibligiga e’tibor qaratish vazifasi topshirildi.

Muzrabot tumanida ayni vaqtda eksport uchun 10 ming tonna piyozga ehtiyoj mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni quyidagi manzillarda joylashgan eksport logistika markazlarida sotishlari, eksportga yo‘naltirishlari mumkin:

📍 Muzrabot tumani "At-Termiziy" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Angor tumani "Bahor" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Jarqo‘rg‘on tumani "Avlod" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Qumqo‘rg‘on tumani "Uyas" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Denov tumani "Chambil" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Sariosiyo tumanining Tojikiston davlati bilan chegara hududi. Joylashuv lokatsiyasi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1944

#Surxondaryo #eksport #logistikamarkaz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kuni-kecha sel-suv toshqinlari sodir bo‘lgan Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Elobod” va “Azlarsoy” mahallalarida bo‘ldi. Toshqinga qarshi viloyat tezkor shtabi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ayni vaqtda hududda birinchi navbatda aholiga moddiy, ma’naviy, tibbiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, sel-suv toshqinlaridan keyingi talofatlarni tezkor bartaraf etish, yo‘llar, ko‘chalar, xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini loyqalardan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari hududlarni ko‘zdan kechirib, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari va tuman sektor rahbarlari hamda boshqa aloqador mutasaddilarga aholining talab va takliflarini inobatga olgan holda ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga kelgusida sel-suv toshqinlarining oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Ayni vaqtda FVqDT xizmatlari tomonidan sel-suv toshqinlari sodir bo‘lgan mahallalarda tozalash, ta’mirlash va tartibga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter