Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.8K photos
3.27K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki: Surxondaryoda umumxalq xayriya hashari qizg‘in davom etmoqda

Yurtimizda joriy yil 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, vohamizdagi 724 ta mahallada bugun erta tongdan ishlar qizg‘in boshlandi.

Viloyat, shahar va tumanlardagi korxona va tashkilotlar, obodonlashtirish sohasi xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan hududlarda, mahalla va ko‘chalarda, turar joylar atroflarida, qabriston va ziyoratgohlar, xiyobonlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda hasharda 470 mingdan ortiq vohadoshlarimiz ishtirok etishayotgan bo‘lib, ular tomonidan 189 gektardan ortiq maydon, 792 ta ko‘cha obodonlashtirildi, 60 kilometr uzunlikdagi ariq va zovurlar tozalanib, 26 ta qabriston, 3 ta ziyoratgoh tartibga keltirildi hamda 35 ta bolalar maydonchasi ta’mirlandi.

“Yashil hududlar” yaratish ishlari doirasida 83 ming 400 tup manzarali, 45 ming 600 tup mevali daraxt ko‘chatlari, 86 ming 700 tup gul ko‘chatlari ekildi. 76 ming 650 tup daraxtga shakl berilib, oqlandi. 500 dan ortiq maxsus texnika vositalari yordamida 228 tonna maishiy chiqindi maxsus joylarga tashib chiqarildi.

Vohamiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimining ochiq muloqotidagi murojaatlar ijrosi qay darajada ta’minlanmoqda?

Bugun, 16-mart kuni soat 20:30 dan boshlanadigan jonli efirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida joriy yil 18-fevral kuni “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida o‘tkazilgan ochiq muloqotda kelib tushgan murojaatlar ijrosi tahlillari keltiriladi.

Unda Termiz shahri va Qumqo‘rg‘on tumani hokimlari, “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali rahbarlari ishtirok etishadi.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🏆Surxondaryolik kurashchilar yurtimizda tengsiz bo‘lishdi

🤼 Joriy yil 13-16-mart kunlari Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida Milliy Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida "O‘zbekiston kubogi" musobaqalari o‘tkazildi.

Yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan polvonlar bahsida Surxondaryo terma jamoasi umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Qizg‘in kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida:

🥇-o‘rin Surxondaryo viloyati terma jamoasi;
🥈-o'rin Toshkent shahar terma jamoasi;
🥉-o'rin Buxoro viloyati terma jamoasi;
🥉-o'rin Samarqand viloyati terma jamoasiga nasib etdi.

❗️Ma’lumot uchun, Kurash bo‘yicha Surxondaryo terma jamoasi ushbu natijani besh yil avval qayd etishgan edi.

💐 Kurashchilarimiz va murabbiylari hamda ularning yaqinlarini, shuningdek, barcha vohadoshlarimizni erishilgan natija bilan muborakbod etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiziriq, Bandixon va Sherobodda qishloq xo‘jaligi hamda Boysunda infratuzilma va ta'lim maskanlari faoliyati, qurilish sohasi taqdimotlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🏋️ Termiz shahrida “Bahodirlar o‘yini” sport musobaqalari o‘tkaziladi

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Termiz shahrida joriy yil 19-mart kuni Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Bahodirlar o‘yini” sport-turizm loyihasining milliy shakldagi musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Unda yosh, jismonan baquvvat sportchilar ishtirok etishlari mumkin.

🏵 Musobaqa sovrin jamg‘armasidan tuya, ot va ho‘kiz o‘rin olgan.

⛳️ Barcha ishtiyoqmandlarni bahodirlarning qiziqarli bahslari tomoshasiga taklif etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Muzrabot tumanida yangilanish va yasharish ayyomi - "Navro'z" umumxalq bayrami sayllari bo'lib o'tmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uygonish_sari_yol

Surxondaryo - janub gavhari!

Ijtimoiy roliklar tanloviga "Surxondaryo" teleradiokompaniyasi muxbiri Bahodir Doniyorov tomonidan yuborilgan videorolik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hashar tadbirlarida ishtirok etish, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qiziriq, Bandixon va Muzrabot tumanlarida bo‘ldi.

Hashar doirasida Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu hududlarni oqova suvi bilan ta’minlovchi “Sherobod mashina magistral” kanali bo‘yida besh qatorli qilib, tut, tol va terak ko‘chatlari ekish tadbirlariga start berildi.

Tadbirda 15 mingdan ortiq hasharchi ishtirok etmoqda, 500 ta texnika, jumladan, 40 ga yaqin ekskavator jalb qilindi. Hududlardagi yo‘llarni tekislash, kollektorlarni tozalash hamda daraxt, buta va gul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, kanal bo‘ylab bo‘sh maydonlarda 20 mingdan ortiq tut, terak, jiyda va anor ko‘chatlari, 100 mingtaga yaqin tol va terak qalamchalari ekilmoqda.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog//1935

#Surxondaryo #hashar #kochatekish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site