Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.6K photos
3.25K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Har biringiz maqsadni katta qo‘ying, ming kishiga rahbar bo‘laman deb harakat qiling"

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir maktabning bir sinfidan 5 nafar o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Termiz shahridagi 12-sonli maktabning bir sinfida taxsil olayotgan 5 nafar bitiruvchi muddatidan oldin xorijiy oliygohlar talabasi bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ular orasida jahonning TOP-500 talikka kiruvchi universitetlari ham bor.

Yana bir muhim jihati, ushbu sinfning 8 nafar o‘quvchisi til bilish darajasi bo‘yicha xorijiy sertifikatga ega.

Surxondaryo viloyati hokimligi iqtidorli o‘quvchilarga ta’lim bergan ustozlarga minnatdorchilik bildirib, yoshlarimizning keyingi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bandixonda bayram sayli o‘tkazildi

Bugun vohamizning uchta hududida, xususan, Bandixon tumanida milliyligimizni o‘zida aks ettirgan, yangilanish va yasharish ayyomi “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan sayllar bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, folklor jamoalarning chiqishlari, milliy o‘yinlar, sport musobaqalari tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat, qalblarga zavqu shavq ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Surxondaryo Navro‘z shodiyonalari bilan yanada tarovatli bo‘lmoqda

Mamlakatimizda ko‘klam Surxondaryodan boshlanadi. Dov-daraxtlar uyg‘onib, tevarak-atrof yashillikka burkanadi. Qir-adirlarda boychechak bo‘y ko‘rsatib, borliqqa sayroqi qushlar xonishi o‘zgacha tarovat ulashadi.

Qadimiy va navqiron vohaga fasllar kelinchagi bahor kelishi bilan doshqozonlarda sumalak pishirilib, yoshu keksa Navro‘zga peshvoz chiqadi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/579408

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Axborot siyosatida rasmiy munosabat va bayonotning ahamiyati

Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida "Axborot xizmati rahbarining faoliyati samaradorligi hamda axborot siyosatini yuritishda rasmiy munosabat va rasmiy bayonot berish tartibi, bu boradagi qonunchilik talablari” mavzusida onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi Doniyor Soliyev, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqarma va tashkilotlar Axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarda axborot xizmatlari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari, mezonlari, axborot siyosatini yuritish, ochiqlikni ta’minlash, tanqidiy materiallarga tezkorlik bilan rasmiy munosabat yoki bayonotlar berishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda omillar haqida batafsil axborotlar berildi.

Shuningdek, videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan mazkur seminarda sohaga va mavzuga oid bir qancha masalalarning axborot xizmatlari faoliyatida naqadar dolzarbligi muhokama etilib, ishtirokchilarning savollariga mutasaddilar javob berishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uygonish_sari_yol

Kitob sen uchun barcha imkoniyatlar eshigini ochadi!

Ijtimoiy roliklar tanloviga "Ishonch" teleradiokompaniyasi rejissyori Abbos Qodirov va muxbiri Muqaddas Panjiyeva tomonidan yuborilgan videorolik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda Navro‘z sayllari qaysi kunlari o‘tkaziladi?

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimiz hududlarida tashkillashtiriladigan xalq sayllarining o‘tkazish kuni, joyi va vaqti bilan tanishing:

📍 Oltinsoy tumani – 16-mart
“Qorliq” mahallasi adirligida

📍 Qumqo‘rg‘on tumani – 16-mart
“Surxon sohili” mahallasi Yoshlar istirohat bog‘ida

📍 Sherobod tumani – 16-mart
“Cho‘yinchi” mahallasidagi Sport majmuasida

📍 Denov tumani – 17-mart
“Denov dendrary” eko bog‘ida

📍 Uzun tumani – 17-mart
“Malandiyon” mahallasi adirligida

📍 Muzrabot tumani – 17-mart
“Shaffof” mahallasi Sport majmuasida

📍 Angor tumani – 18-mart
“Sharq guli” mahallasi, “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘ida

📍 Termiz tumani – 18-mart
“Marvarid” dam olish maskanida

📍 Viloyatning asosiy bayram sayli
(Termiz shahri bilan birga) – 19-mart
Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida

Xalq sayllari belgilangan kunda soat 09:00dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbari bugun Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanlarida ariq va kollektorlarni tozalash, atrofida tut va tol ko‘chatlari, qalamchalarini ekish hamda g‘alla parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, oqova suvlarining ortiqcha isrof bo‘lishini oldini olish uchun ham ariq va zovurlarni o‘z vaqtida tozalash muhimligi, bu tadbirlarni sifatli amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

G‘alla parvarishi, o‘g‘itlash, sug‘orish, kasalliklarning oldini olish maqsadida suspenziya tadbirlarini muddatida va sifatli bajarish vazifalari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1933

#Surxondaryo #qishloqxojaligi #kollektorlar #galla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📢 Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan vohadoshlarimiz diqqatiga!

Yurtimizda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida quyidagi yo‘nalashlar uchun qator tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlarda kredit mablag‘alari ajratiladi:

tekstil va to‘qimachilik;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
meva-sabzavotni qayta ishlash;
bog‘ va uzumzorlar yaratish;
refrigerator xarid qilish;
issiqxonalar tashkil etish;
muzlatkichli omborxonalar qurish.

💰Kreditlar 10 yilgacha muddatga, yillik 16 foizda ajratiladi.

🏦 Ayni vaqtda Aloqa bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank, Asaka bank, Milliy bank, Turon bank, Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokredit bank va Xalq bankiga ushbu maqsadlar uchun 241 mln dollar resurs ajratilgan.

☎️ Batafsil ma’lumot uchun telefon:
+99876 223 22 96

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun hududlarga tashrifini Boysun tumanida davom ettirib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, maktab, oilaviy bog‘cha faoliyati, mahalla “yettiligi” va mutasaddilarning taqdimotlari bilan tanishdi.

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mutasaddilar, shahar va tumanlar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlarining axborotlari tinglandi. Ularga massivlar va loyihalar qurilishini muddatida, sifatli amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1934

#Surxondaryo #Boysunbahori #maktab #bogcha #yettilik #taqdimot #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter