Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘zining haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Angor tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Navshahar” mahallasida berilgan topshiriqlar ijrosi, mahalla “yettiligi”, 24-sonli bog‘chada gimnastika to‘garagi faoliyati bilan tanishildi. Tuman bolalar sport maktabida murabbiylar va sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Olimpiada chempionini tayyorlagan murabbiylarga xonadon, jahon chempionini tayyorlagan murabbiylarga esa avtomobil kalitlari topshirilishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda vohalik jahon chempioni Rinata Ilmatovaga pul mukofoti sertifikati topshirildi. Unga keyingi musobaqalarda omadlar tilandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1930

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #mahalla #yettilik #bogcha #sport

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumaniga tashrifi davomida “ZOOM” platformasi orqali viloyatimizning yettita tumanida, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot va Termiz tumanlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shuningdek, mutasaddilar ishtirokida Angor, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Termiz, Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida sport ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1931

#Surxondaryo #Insonmarkazlari #ochilish #sport #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, “Indenim klaster” MChJning paxta tozalash zavodida agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi. Bu borada mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Mutasaddilarga kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni tizimli bartaraf etish, barcha fermer xo‘jaliklarining talabini puxta o‘rganib chiqish va shu asosida zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1932

#Surxondaryo #agrarsoha #texnikalar #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik va xayriya tadbirlari 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda Navro‘z sayllari qaysi kunlari o‘tkaziladi?

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimiz hududlarida tashkillashtiriladigan xalq sayllarining o‘tkazish kuni, joyi va vaqti bilan tanishing:

📍 Sariosiyo tumani – 15-mart
“Yangihayot” mahallasi “Shaxtiyor” o‘yingohida

📍 Qiziriq tumani – 15-mart
“Shabada” massivi adirligida

📍 Sho‘rchi tumani – 15-mart
“Navro‘z” mahallasidagi istirohat bog‘ida

📍 Oltinsoy tumani – 16-mart
“Qorliq” mahallasi adirligida

📍 Qumqo‘rg‘on tumani – 16-mart
“Surxon sohili” mahallasi Yoshlar istirohat bog‘ida

📍 Sherobod tumani – 16-mart
“Cho‘yinchi” mahallasidagi Sport majmuasida

📍 Denov tumani – 17-mart
“Denov dendrary” eko bog‘ida

📍 Uzun tumani – 17-mart
“Malandiyon” mahallasi adirligida

📍 Muzrabot tumani – 17-mart
“Shaffof” mahallasi Sport majmuasida

📍 Angor tumani – 18-mart
“Sharq guli” mahallasi, “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘ida

📍 Termiz tumani – 18-mart
“Marvarid” dam olish maskanida

📍 Viloyatning asosiy bayram sayli
(Termiz shahri bilan birga) – 19-mart
Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida

Xalq sayllari belgilangan kunda soat 09:00dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“Men ham tadbirkor bo‘lay, mahallada ish o‘rni yaratay”, degan oddiy odamlar chetda qolib ketayapti. Ularga tayyor loyiha paketlari berilmayapti – Prezident.

Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari bugungi yig‘ilish 14 ta hudud, 208 ta tuman va shahar hokimlari, ularni o‘rinbosarlari, banklar, “mahalla yettiligi” uchun saboq bo‘lishini ta’kidladi.

Tadbirkorlik, bandlik, kambag‘allikdan chiqarishga katta-katta mablag‘lar ajratilayotganiga qaramay, Sayxunoboddagi 19 ta mahallada yashaydigan 83 ming aholini qanchasiga bu imkoniyatlar yetib borayapti deya savol qo‘ydi Prezident.

Shuning uchun bugungi yig‘ilish tomorqa va uy xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uchun tub burilish yasashi ta’kidlandi.

Banklar faqat qaytimni o‘ylab, oson yo‘l bilan resurslarni doimiy mijoziga berayotgani tanqid qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter