Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida joriy hafta avvalida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi videoselektor tarzida o‘tkazildi.

Viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, boshqarma va idoralar hamda aloqador tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari, topshiriq va murojaatlar ijrosi, ijro intizomi tahlili ko‘rib chiqildi.

Masalalar yuzasidan sohalar, tarmoqlar va hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1925

#Surxondaryo #hokimliksoati #Ramazonoyi #Navruzbayrami

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimining bir kunlik ish faoliyati

2024-yil 10-mart:

Muborak Ramazon oyi hamda chigit ekish mavsumi oldidan ehson tadbiri o‘tkazildi;

Jarqo‘rg‘on tumanida chigit ekish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Mahallada aholining dehqonchilik tajribasi bilan tanishildi;

“Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyogralik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Unda 73 nafar tadbirkorning murojaatlari tinglandi, 13 tasi qabul davomida hal etildi hamda 62 ta murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Qabulda, shuningdek, viloyatda investitsiya, sanoat va eksport bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalarning ijrosi muhokama qilindi. Erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlarimizdan o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan quyidagi telegram botga murojaat qilishlarini so'raymiz:

@surxondaryo_tadbirkorlari_bot

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1926

#Surxondaryo #tadbirkorlarqabuli #loyihalarmuhokamasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan, biroq internet orqali onlayn sotilayotgan ozdiruvchi mahsulotlarning ro‘yxatini e’lon qildi.

▪️Reborn Ultimate
▪️Lipotrim Ultra
▪️Al-Sheikh
▪️Fatzorb
▪️Fatzorb Ultra
▪️Fatzorb Plus
▪️Spirulina
▪️Arabic
▪️Reduksin Layt
▪️Kod S
▪️Shafran diet
▪️Gold Puma
▪️“Блокатор жира”
▪️Hot pepper
▪️“Ферментаиз”
▪️“Липоксин для похудения”
▪️“Куаймый Extra”
▪️Slim ultra (Samyun Wan)

O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlandi.

Ta’kidlash joiz, mazkur modda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida»gi 818-son qarori bilan tasdiqlangan Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, lekin tarkibida sibutramin moddasi mavjud bo‘lgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik belgilangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Surxondaryoda chigit ekish boshlandi

Surxondaryo viloyatida ko‘klam kelib, borliq uyg‘onishi bilan dala ishlari qizg‘in boshlab yuborildi. Navro‘zoldi urug‘ qadash yumushlariga kirishildi.

Jarqo‘rg‘on tumanida chigit ekish mavsumiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda ham bahorgi dala yumushlarini sifatli o‘tkazish, chigitni mo‘tadil ob-havo sharoitlarida qadab, o‘z vaqtida undirib olish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Yer maydonlarini baraka urug‘i sepishga tayyorlash, baronalash, zamonaviy yangi seyalkada chigit ekish ishlari ko‘rsatildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/577912

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbari Qiziriq tumanida mahalla “yettiligi” faoliyati va aholining dehqonchilik tajribasi bilan tanishdi hamda yoshlar bilan uchrashib, ularga yer maydonlari ajratish tadbirida ishtirok etdi.

Tumanning “Navro‘z” va “Yangikent” mahallasida aholi xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalarda mahsulot yetishtirish jarayonlari bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1927

#Surxondaryo #mahallayettiligi #yoshlar #yerajratish #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Sherobod va Muzrabot tumanlarida davom ettirib, 392 mlrd so‘mlik chorvachilik kompleksi qurilishi hamda Amudaryo qirg‘oqlaridagi yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Mavjud muammolar muhokama qilinib, ularning yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1928

#Surxondaryo #chorvachilik #sholichilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter