Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.4K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan chigit ekish tadbirlari oldidan soha faxriylari va faollari hamda nuroniylarning maslahat va tavsiyalarini olish maqsadida Termiz tumanidagi “Al-Hakim At-Termiziy” majmuasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat va tumanlar sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va fidoyilari hamda diniy soha vakillari, nuroniylar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida viloyat rahbari barchani kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan qutlab, o‘tgan yili yaratilgan “Surxondaryo tajribasi”ni joriy yilda ham davom ettirish, hududlar rahbarlariga diniy soha vakillari, joylardagi imomlar bilan ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olib, moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatish vazifasini topshirdi.

Shuningdek, chigit ekish mavsumi oldidan ehson uchun jonliq so‘yildi. Yurt tinchligi va farovonligini, yaxshi niyatlar bilan yerga qadalayotgan urug‘lar hosilining mo‘l-ko‘lchiligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1922

#Surxondaryo #Ramazonoyi #chigitekishmavsumi #ehsontadbirlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍352👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sariosiyoga tashrif: Qurilish sohasidagi ishlar, ish o‘rinlari yaratayotgan korxonalar, klinika va yangi loyihalar taqdimoti hamda mahalla "yettiligi" faoliyati bilan tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍22👏32🔥2
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Jarqo‘rg‘on tumani “Jayronxona mirishkor” hududida joylashgan “Oqqo‘rg‘onlik Asadbek” fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish mavsumini boshlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Har bir hududning iqlim sharoitlari va tuproq namligini hisobga olib, chigit ekish ishlarini bosqichma-bosqich olib borish vazifasi topshirildi. Fermer xo‘jaligi dalasida yer maydonini chigit ekishga tayyorlash, baronalash, yangi zamonaviy seyalkada chigit ekish ishlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Viloyat rahbari tumanning “Avlod” mahallasida ham bo‘lib, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasi bilan tanishdi. Mutasaddilar bilan xonadonlarda oziq-ovqat mahsulotlari hamda issiqxonalarda sabzavot yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1923

#Surxondaryo #chigitekish #seminar #mahalla #aholidaromadlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍36🕊2👎1👏1🎉1
Viloyat rahbari Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasida “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotini tingladi.

“San’at saroyi” majmuasi bo‘ylab obodonlashtirish va daraxt, buta hamda gul ko‘chatlari ekish ishlarining borishi bilan tanishgan viloyat rahbari hududga daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.

Shuningdek, Termiz shahridagi eski, ta’mirtalab turar joylarni renovatsiya qilish, yangi ko‘p qavatli uy-joylarni qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha taqdimot qilindi. Mutasaddilarga loyihalarni aholi bilan kelishish, ularning talab va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1924

#Surxondaryo #Navruz #jarayon #daraxtekish #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍39👏32🔥2🎉1😐1
Yangi tayinlovlar

💼 Tog‘ayev Raxmatillo Ravzatovich - Termiz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar R.Tog‘ayev Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.


💼 Abdusattorov Abduqodir Abdujabborovich - Oltinsoy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Abdusattorov Yoshlar ishlari agentligi Denov tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelyotgan edi.


💼 Raxmanov Farruh Xolmamat o‘g‘li - Muzrabot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar F.Raxmanov Muzrabot tumani 51-sonli umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


💼 Husanov Abdulfattoh Muxammaddiyorovich - Boysun tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Husanov Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍52🔥54👏2👎1
Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida joriy hafta avvalida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi videoselektor tarzida o‘tkazildi.

Viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, boshqarma va idoralar hamda aloqador tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari, topshiriq va murojaatlar ijrosi, ijro intizomi tahlili ko‘rib chiqildi.

Masalalar yuzasidan sohalar, tarmoqlar va hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1925

#Surxondaryo #hokimliksoati #Ramazonoyi #Navruzbayrami

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍21👏2🙏2🕊1