Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.7K photos
3.7K videos
3 files
15.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy rolik | Daraxt ekib, bog‘ yarataylik - amallar daftarini bezataylik!

Butun dunyo ekologik muammolar, ichimlik suvi resurslari tanqisligi kabi inqirozlar qarshisida turibdi. Shunday sharoitda kelajak avlodlar oldidagi qarzimizni uzish, farzimizni bajarish uchun ham suvni tejaylik, daraxt ekib bog‘ yarataylik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍34🔥5👏3🕊21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jarqo‘rg‘on tumanida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍26🔥3👏3
Xabar berganimizdek, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayontoq” mahallasida bo‘lib aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga vazifalarni belgilab bergan edi.

Viloyat rahbari hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida ham ushbu mahallada bo‘lib, belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi, xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan muloqot qildi.

Mahallada tuproq yo‘llarni tekislash, toshlash, ko‘chalarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekish, daraxtlarni oqlash, mavjud transformatorni katta quvvatlisiga almashtirish, foydalanilmayotgan aholi tomorqalarini shudgorlash, ekin ekish uchun tayyorlash, ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1920

#Surxondaryo #aholibandligi #infratuzilma #turmushfarovonligi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍30👎4👏4🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qorayontoqda aholi bandligini ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilash va infratuzilmani yangilash ishlari amalga oshirilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍45👏5🔥32🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Bandixon tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 9-mart kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Bandixon tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍21👏52👎1
🌱 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan, "Navro‘z" umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida joriy yil 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

🔘 "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida:

mahallalar;
aholi yashash xonadonlari;
ko‘p qavatli uy atroflari;
guzar va xiyobonlar;
ziyoratgoh va qabristonlar;
ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

🌳 Shuningdek, xayriya hasharida "Mahallamga 10 tup daraxt - mening tuhfam" shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlari ekiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍31🕊3🤝31
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif dasturiga ko‘ra mahalla “yettiligi”, korxonalar faoliyati, yangi loyihalar taqdimoti, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Xususan, ikkita mahalla “yettiligi”, tikuvchilik korxonasi, xususiy klinika hamda eshik va romlar ishlab chiqaruvchi “Imzo” franshiza fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, avtoshohbekat qurish loyihasi taqdimot qilindi.

Tashrif yakunida “Yangi O‘zbekiston” massivida ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari ko‘zdan kechirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1921

#Surxondaryo #mahallayettiligi #klinika #aeroport #Imzo #qurilish #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍42🔥5👏41