Surxondaryo viloyati hokimligi
24.5K subscribers
32.7K photos
3.26K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kuni-kecha Termiz shahri “Majnuntol” va “Jomiy” mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xonadonlar bilan tanishdi.

Mutasaddilarga mavjud sharoitlarni puxta o‘rganib chiqib, oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | ''Talabalar bahori'' yoshlar festivali doirasidagi yugurish marafoni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📢 Diqqat e’lon: “SCT cluster sholi” MChJ bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qiladi

Muzrabot tumanida yer maydonlarini foydalanishga kiritish orqali yangi ish o‘rinlari yaratayotgan “SCT cluster sholi” MChJ mavjud 1038 ta quyidagi ish o'rinlariga ishga taklif etadi:

2024-yil 1-apreldan boshlab:
Sholi yetishtirish bo‘yicha pudratchi (ish o‘rinlari 210 ta);
Sholi ekilgan maydonlarda mavsumiy dala ishchisi (ish o‘rinlari 600 ta, 2024-yil aprel-oktabr oylari davomida);
Sholi ekilgan maydonlarda mavsumiy suvchi (ish o‘rinlari 200 ta, 2024-yil aprel-oktabr oylari davomida).

Oliy ma’lumot va ish tajribasi talab etiladigan ish o‘rinlari:
davlat-xususiy sherikchilikni tashkil etish va muvofiqlashtirish mutaxassisi;
davlat-xususiy sherikchilikni tashkil etish va muvofiqlashtirish hisobchisi;
agronom, irrigator, meliorator, injener-mexanik;
suv iste’moli bo‘yicha hisobchi;
temirchi;
yer tuzuvchi;
qishloq xo‘jaligi bo‘yicha dispetcher;
mineral o‘g‘it bo‘limi ishchisi;
“Jayxun” kanali boshlig‘i;
kapital qurilish bo‘limi ishchisi.

📍Talabgorlar 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurat, o‘zi va yaqin qarindoshlari haqida ma’lumotnoma (obyektivka) larni Muzrabot tumani “At-Termiziy” mahallasi, Kimyogarlar ko‘chasi 124-uy manziliga, MChJning xodimlar bilan ishlash bo‘limiga topshirishlari so‘raladi.

📞 Murojaat uchun telefon:
+99894 466 1441

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | "Talabalar bahori" yoshlar festivali doirasida "Zakovat" intellektual o‘yinlari o'tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahridagi “Grand Almaz” tantanalar saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyatning asosiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, jamiyatimiz gultojlarini bahorning ilk ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi.

Marosimda 17 nafar xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni hamda ibratli hayoti va turli sohalardagi fidokorona mehnati uchun bir guruh fidoyi xotin-qizlar viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, joriy yilda boquvchisini yo‘qotgan, uy-joyga muhtoj 300 nafar ayollarga yangi uy-joylar berilishi ta’kidlandi, ularning dastlabki 10 nafariga turar-joylar sertifikatlari topshirildi.

Bayram tadbirida poytaxtdan tashrif buyurgan hamda vohamizning taniqli san’atkorlarining kuy-qo‘shiqlari hamda badiiy jamoalarning bayramona chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1917

#Surxondaryo  #8mart  #bayram

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢LIVE

“Talabalar bahori” yoshlar festivali

Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov yoshlar hamda mutasaddilar bilan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafonida ishtirok etishmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🌙 Fatvo markazi 2024-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorini e’lon qildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2024 / hijriy 1445-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarorlari qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

☪️ ZAKOT
Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40 mln (qirq million) so‘m etib belgilandi.

Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

☪️ FITR
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

bug‘doydan – 14 000 (o‘n to‘rt ming) so‘m;
arpadan – 20 000 (yigirma ming) so‘m;
mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;
xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo‘ladi.

☪️ FIDYA
Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda boshqaruv tizimidagi rahbar ayollarning TOP-20 reytingi e’lon qilindi

“Yuksalish” harakatining viloyat bo‘linmasi Surxondaryoda davlat boshqaruvi va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayollarning TOP-20 reytingini eʼlon qildi.

Reytingni shakllantirishda vohadagi 45 nafar ayol rahbarlar faoliyati tahlil qilinib, ularning siyosiy faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojiga qo'shayotgan hissasi inobatga olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, yangi korxona ochilishida ishtirok etdi hamda sanoat korxonalari faoliyati va istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Xususan, tashrif davomida polietilen plyonka va qoplar, yangi avlod “Agrobentofos” va “Superfosfat” innovatsion o‘g‘itlari ishlab chiqarish korxonalari, 1,5 gektar yangi yer maydonida limonchilikni yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy intensiv bog‘ tashkil etish loyihalari bilan tanishildi.

Shuningdek, ko‘mir yoqilg‘isida ishlovchi, umumiy qiymati 5,7 mlrd so‘m bo‘lgan, 15 ta ish o‘rni yaratilgan asfalt ishlab chiqarish korxonasi faoliyatiga start berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/1918

#Surxondaryo #korxonalar #mineralogitlar #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter