Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.3K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimizning Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasiga davlat tashrifi davomida ko‘plab yo‘nalishlar qatori ta’lim sohasida ham hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Tataristonga hamda Tatariston delegatsiyasining viloyatimizga tashrifida ham maktabgacha va maktab ta’limi sohasida loyihalarni amalga oshirishga kelishib olingan edi.

Ushbu kelishuvlar doirasida o‘tgan hafta viloyatimizning ta’lim sohasi mutasaddilari, direktorlar hamda malakali o‘qituvchilardan iborat delegatsiya Tatariston Respublikasida bo‘lib qaytdi.

Delegatsiya a’zolari Yelabuga shahridagi “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida bo‘lib, bu yerda yaratilgan imkoniyatlar, taqdim etilayotgan imtiyozlar bilan tanishishdi.

“Alabuga Politex” o‘quv markazining ilg‘or tajribalarini o‘rganish chog‘ida ta’lim sifati va mashg‘ulotlar samaradorligi, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash masalalarida fikr almashilib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

#Surxondaryo #Tatariston #talim #alabuga

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍41🔥6🕊32👎2👏2🎉1😐1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, mahalla “yettiligi”, qayta ishlash korxonasi, yangi loyihalar taqdimoti hamda aholi va tadbirkorlarning issiqxonachilik tajribasi bilan tanishdi.

Xususan, tashrif davomida “Yangiobod” mahallasi “yettiligi”, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi, oilaviy korxonaning 2 gektarlik issiqxonasida pomidor yetishtirish jarayonlari bilan tanishib, mutasaddilarga tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1910

#Surxondaryo #yettilik #sutniqaytaishlash #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍23🔥2🕊2👏1🎉1
💐E’TIROF

Prezident qaroriga asosan, bir guruh iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:

🏅 Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti

🏅 Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna - Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi

Sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram tantanalarida o‘z egalariga topshiriladi.

Davlatimizning yuksak mukofotiga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🎉10👏7👎3🕊2🔥1
🌙 “Ramazon” oyining birinchi kuni 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay’atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi.

🟢Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqildi.

🔭 Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, hijriy 1445-yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024-yil 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga keldilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍39🙏53👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uygonish_sari_yol

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir!

Ijtimoiy roliklar tanloviga Surxondaryo teleradiokompaniyasi rejissyori Ollomurod Yarashev tomonidan yuborilgan videorolik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍57🔥8👏63🕊3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha Bahodir Jalolov maktabidagi sharoitlar bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍42🔥71👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Jarqo‘ton - O‘zbekiston tarixidagi eng qadimgi shahar

"O‘zbekiston tarixi" telekanalida "Buyuk tarix" hujjatli filmining 1-qismida Surxondaryodagi "Jarqo‘ton" yodgorliklari haqida so‘z boradi.

Hujjatli film "O‘zbekiston tarixi" telekanali orqali tez kunlarda namoyish etiladi
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍231🔥1👏1🕊1
📣 Qadrli surxondaryolik yoshlar!

⚡️ 2024-yilning 7-mart kuni Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida “Talabalar bahori” yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Festival kundaligidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:

🕑 soat 08:00 dan 09:00 gacha – Talabalar ommaviy yugurish marafoni (“Surxon” sport majmuasidan “Bolajon” istirohat bog‘i chorrahasiga qadar 3 km masofaga);

🕑 soat 09:00 dan 10:00 gacha – Talabalar ommaviy velomarafoni (At-Termiziy shoh ko‘chasi bo‘ylab 3 km masofaga);

🕑 soat 10:00 dan 12:00 gacha – “Hashar – biz yoshlarga yarashar” shiori ostida “Ekologik marafon” aksiyasi doirasida “Har bir yoshga bir nihol” loyihasi (Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida);

🕑 soat 10:00 dan 13:00 gacha – “Muzeylar – yoshlar nigohida” (Termiz arxeologiya muzeyiga sayohat);

🕑 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Talabalar o‘rtasida mini futbol musobaqasi (“Surxon” sport majmuasi);

🕑 soat 11:00 dan 17:00 gacha – Talabalar o‘rtasida kurash musobaqasi (“San’at saroyi” amfiteatrida);

🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talabalar o‘rtasida “QVZ” ko‘rik-tanlovi (Termiz muhandislik-texnologiya institutida);

🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini (Yoshlar markazi binosida);

🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talabalar o‘rtasida “Baxshichilik”, “Chanqovuz” va “Sibizg‘a” tanlovlari (Baxshichilik maktabida);

🕑 soat 11:00 dan 18:00 gacha – Kamondan o‘q otish, badiiy gimnastika, stol tennisi, shaxmat, armrestling, tosh ko‘tarish, arqon tortish, kuch sinash va milliy sport musobaqalari (“San’at saroyi” hududida tashkil etilgan pavilonlarda);

🕑 soat 12:00 dan 13:00 gacha – “Ekologik loyihalarni amalga oshirilishida chet el tajribasi” mavzusida chet davlatlarda o‘qiyotgan yoshlar bilan ZOOM platformasi orqali muloqot uchrashuvi (Yoshlar markazi binosida);

🕑 soat 14:00 dan 17:00 gacha – Talaba qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa (Termiz davlat pedagogika instituti sport zalida);

🕑 soat 16:00 dan 18:00 gacha – “Ijodimda Vatan timsoli” yosh rassomlar va tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi tanlovi (“San’at saroyi” favvorasi atrofida);

🕑 soat 17:00 dan 19:00 gacha – “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni (At-Termiziy shoh ko‘chasi bo‘ylab);

🕑 soat 17:30 dan 18:30 gacha – Talabalar o‘rtasida “Osh” tanlovi (“San’at saroyi” hududida tashkil etilgan OTM pavilonlarida);

🕑 soat 19:00 dan 21:40 gacha – Poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar va viloyat xonandalarining gala konserti (“San’at saroyi” old maydonida);

🕑 soat 21:40 dan 22:00 gacha – Festival tanlovlari g‘oliblari va faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi (“San’at saroyi” old maydonida);

🕑 soat 22:00 da – Mushakbozlik va lazer shou (“Sa’nat saroyi” old maydonida).

💫 Barcha qalbi qaynoq, shahdu shiddati, g‘ayratu shijoatli yoshlarimizni ushbu yoshlik va birdamlik festivaliga taklif etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍40🔥7👏2
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Termiz tumani “Surxon Namuna” hududida 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumi oldidan soha mutasaddilari, hududlar rahbarlari, “Zoom” platformasi orqali tumanlardagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Unda chigit ekish mavsumini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, uni xatosiz, sog‘lom va erta undirib olish, g‘o‘za parvarishi hamda turli zararkunandalardan himoya qilish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Viloyat rahbari Termiz tumanida tashkil etilgan “Suvchilar maktabi” faoliyati bilan ham tanishdi. Xitoy davlatiga tashrif davomida suvdan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan loyihalar doirasida tajriba uchastkalarini tanlab olish, vohaning iqlim va tuproq sharoitlarini chuqur o‘rgangan holda suv tejovchi texnologiyalarning samaradorligini o‘rganish, shu asosda loyihani ommalashtirish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1913

#Surxondaryo #chigitekish #seminar #Suvchilarmaktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍24🕊21👏1