Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.7K photos
3.7K videos
3 files
15.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Natijada qo‘shimcha 5 milliard kilovatt-soat ekologik toza elektr ishlab chiqarish va 1,5 milliard kub metr gazni tejash imkoniyati yaratildi.

Bu sohada boshlangan keng qamrovli ishlar mahalliy korxonalarda transformator, har xil turdagi kabellar, isitish kollektorlari, quyosh paneli, izolyator, metall ustunlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham katta turtki berdi.

"Bir so‘z bilan aytganda, “yashil” energetika ham iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga, ham chinakam “umummilliy harakat”ga aylandi”,
- dedi davlatimiz rahbari.

〰️〰️〰️
2024-yilda elektr ishlab chiqarishda “yashil energiya” ulushi 15 foizga yetishi kutilmoqda.

Lekin, erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud imkoniyatlar barcha hududlarda ham to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada 2024-yil uchun dastlabki rejalar yetarli emasligi qayd etildi. Mutasaddilar o‘tgan yildan saboq chiqarib, bu yo‘nalishda ikki karra ko‘p ishlashi va aniq natija ko‘rsatishi kerakligi ta'kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍161🙏1
Prezident joriy yildan boshlab yirik “yashil energiya” quvvatlarini barpo etish bo‘yicha uch yillik dasturni amalga oshirishga o‘tilishini ta’kidladi.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari talabidan kelib chiqib, kelgusi uch yilda 8 gigavattli 28 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish, 944 kilometr yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va 6 ta yirik podstansiyani qurish, jami 2,2 gigavatt bo‘lgan 18 ta elektr saqlash quvvatlarini o‘rnatish mo‘ljal qilib olindi.

Energetika vazirligiga joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan 14 ta stansiya qurilishini jadallashtirish topshirildi.
〰️〰️〰️

Joylarda quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yanada kengaytirish, aholining “yashil” energiyadan foydalanish borasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Bu maqsadlarga qo‘shimcha 50 million dollar resurs ajratish, xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazib, yana 100 million dollar jalb qilishga ko‘rsatma berildi.

Tadbirkorlarga quyosh energiyasi quvvatlarini joriy etishda manfaatdorligini oshirish uchun qo‘shimcha yengilliklar yaratilishi belgilandi.
〰️〰️〰️

Elektr iste’moli yuqori bo‘lgan qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti korxonalarida “yashil energiya” quvvatlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍23👏21
Yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, tuman hokimligida viloyatda yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mahallalar “yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar ijrosi yuzasidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha muddatlar belgilanib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklandi.

Batafsil: https://www.surxondaryo.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/1904

#Surxondaryo #videoselektor #yoshlar #maktab #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍44🔥2🕊2👎1👏1
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida Xitoy davlatining "Lihua Group" va "Kezhou Congling Industrial Co., Ltd" kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda vohamizda qishloq xo'jaligi hamda tog'-kon sanoati yo'nalishlarida Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Batafsil: https://www.surxondaryo.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/1905

#Surxondaryo  #Xitoy  #uchrashuv #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍34🕊4🔥2😐2
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanida bo‘lib, dastlab “Akbar Xayrullo Jumayev” MCHJ tomonidan Motel xizmatini tashkil etish loyihasi bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida, M-39 avtomagistral yo‘l yoqasida qurilishi rejalashtirilgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish nuqtasi, motel, savdo do‘konlari hamda mehmonxona binosini qurish bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi tumanda “Laziz Avto Innavator” UK tomonidan tashkil etilgan va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan avto maktab faoliyati bilan tanishdi. Maktabda bugungi kunda 10 ta guruhda 240 nafar o‘quvchi tahsil olib kelmoqda. Viloyat rahbari o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning avto boshqaruvi bo‘yicha bilimlarini sinadi.

Tashrif yakunida “Imronbek Rishodbek" MCHJ tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uy-joylar bilan ham tanishilib, shu yerning o‘zida konsalting kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan tumanning investisiya va shaharsozlik loyihalari taqdimot qilindi.

Mas’ullarga istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuskorlarni jalb qilish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

#Surxondaryo  #Sherobod #loyiha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍34🔥43👎1👏1🙏1