Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.21K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, kasbga o‘rgatish orqali to‘laqonli hayotga qaytarishga e’tibor sustlashib ketgani, ular ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati zamon talablaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilmagani tanqid qilindi.

Shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi odamlarni hayotga ilhomlantiradigan, rag‘bat uyg‘otadigan ta’sirchan kontent, she’r, qo‘shiq, film va boshqa badiiy asarlar yaratilmayotganligi aytib o‘tildi.
〰️〰️〰️

Sohada har bir oila va inson taqdiriga alohida professional yondashish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi
〰️〰️〰️

Sohada raqamlashtirish hisobiga, o‘rnidan tura olmaydigan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz 2 ming kishiga yordam ko‘rsatilganligi qayd etildi.

Ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham bexabarligi, nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalanmayotganligi aytib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mahalladagi barcha ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi orqali taqdim etiladi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida:

ehtiyojmand toifani belgilash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqiladi;

qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi;

har bir muhtoj fuqaro bo‘yicha individual ijtimoiy xizmatlar dasturi yaratiladi.

Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha yagona savolnoma joriy qilinadi.
〰️〰️〰️

Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish elektron platformasi ishlab chiqiladi

Davlatimiz rahbari hokimlar va sektor rahbarlari mahallada o‘tkazayotgan qabullar ham o‘zgarishi kerakligi, qabullarda mahalla “yettiligi” ko‘targan eng og‘ir masalalarning yechimi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga viloyat hokimlari bilan birga barcha mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini tashkil qilish topshirildi.

Protez vositalarini berish, nafaqa va qarovsiz qolgan bolalarga vasiylikni rasmiylashtirish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalarni yolg‘iz deb e’tirof etish kabi 49 ta ijtimoiy xizmat mahallagacha tushirilishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlar 1-oktyabrdan “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtiriladi

Bunda, eng avvalo, “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamg‘armalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar o‘tkaziladi.

Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bundan buyon joylarda vasiylik, homiylik, patronatga olingan hamda oilaviy bolalar uylaridagi bolalar bilan mahalladagi ijtimoiy xodimlar shug‘ullanishi belgilandi.
〰️〰️〰️

Sog‘lig‘i, hayoti xavf ostida bo‘lgan, yetim va nazoratsiz qolgan bolalarni qaramog‘iga olish bo‘yicha “ixtisoslashgan tutingan oila” tizimi joriy etiladi.
〰️〰️〰️

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari “Hayot maktabi” sifatida qayta tashkil etiladi.
〰️〰️〰️

Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum bo‘lgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

Bunday yoshlarga uy-joy berish tizimi ham tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
〰️〰️〰️

Ayollar va bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha mahalla darajasida alohida tizim yaratilishi, tazyiqqa uchragan ayollar reestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat ko‘rsatish tizimi joriy qilinshi belgilandi.

Har bir tuman shifoxonasida zo‘ravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish uchun tunu kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi. Qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi kompleksi mutasaddilari, sholichilik klasteri va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida yangi yerlarni o‘zlashtirish, sholichilikni rivojlantirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi kundagi holatini muhokama qildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1890

#Surxondaryo #sholichilik #taqdimot #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilgan “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvidagi chiqishidan

Ko'rsatuvni quyidagi havola orqali takroran tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtube.com/live

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Brifing | Viloyat hokimining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvidagi chiqishida kelib tushgan murojaatlar tahlili

Xabaringiz bor, joriy yil 18-fevral kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Surxondaryo” teleradiokanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladigan “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida ishtirok etib, 2,5 soat davomida jurnalist hamda aholining savollariga javob bergan edi. Muloqotga fuqarolarimiz tomonidan fikr va mulohazalardan tashqari 1 268 ta murojaat yuborildi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan o‘tkazilgan brifingda mazkur ochiq muloqot davomida hamda undan keyin efir studiyasiga ulangan telefon raqamlari va telegram raqamiga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Brifingda mas’ullar tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi muddatlari hamda ijrosi yuzasidan axborot berildi.

https://youtu.be/1ygxqK_XGLI
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 241 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari е-auksion platformasida savdolarga chiqarildi

🔹 Termiz shahridan 37 ta (ko'rish);
🔹 Angor tumanidan 200 ta (ko'rish);
🔹 Bandixon tumanidan 281 ta (ko'rish);
🔹 Boysun tumanidan 338 ta (ko'rish);
🔹 Muzrabot tumanidan 374 ta (ko'rish);
🔹 Oltinsoy tumanidan 149 ta (ko'rish);
🔹 Denov tumanidan 463 ta (ko'rish);
🔹 Jarqo‘rg‘on tumanidan 353 ta (ko'rish);
🔹 Qumqo‘rg‘on tumanidan 575 ta (ko'rish);
🔹 Qiziriq tumanidan 459 ta (ko'rish);
🔹 Sariosiyo tumanidan 152 ta (ko'rish);
🔹 Termiz tumanidan 984 ta (ko'rish);
🔹 Uzun tumanidan 311 ta (ko'rish);
🔹 Sherobod tumanidan 422 ta (ko'rish);
🔹 Sho‘rchi tumanidan 143 ta (ko'rish).

"E-AUKSION" mobil ilovasini yuklab oling!
⬇️App Store ⬇️Google Play

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon:
+99899 203 00 30

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida “London” o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

O‘quv markazida yoshlarga ingliz tilini mukammal darajada o‘qitish hamda xalqaro darajadagi IELTS, TOEFL va CEFR kabi imtihonlarga tayyorlash kurslari tashkil etilgan. Til o‘rgatish kurslari intensiv ta’lim dasturlari orqali amalga oshiriladi.

O‘quv markazi haftada yetti kun ishlaydi va har xil o‘quv jadvallari orqali tinglovchilar uchun qulay vaqtda kurslarni tashkil etilishini ta’minlaydi.

Vohamiz yoshlarini kelajakda yaxshi kasb va yuqori daromadli ish egasi bo‘lishda xizmat qiladigan xorijiy tillarni o‘rganishga chorlaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatida 435 ta dehqonchilik uchun yerlarini e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ijara uchun:

🔹Muzrabot tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹Qiziriq tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹Termiz tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹Uzun tumanidan 4 ta (ko'rish)

Dehqon xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi kooperativini tashkil etish uchun:
🔹Muzrabot tumanidan 98 ta (ko'rish)
🔹Qiziriq tumanidan 95 ta (ko'rish)
🔹Termiz tumanidan 115 ta (ko'rish)
🔹Uzun tumanidan 41 ta (ko'rish)
🔹Sherobod tumanidan 17 ta (ko'rish)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Tezkor shtab: Sariosiyo va Boysun tumanlarida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi

Viloyat navbatchilik shtabiga kelib tushgan murojaatlarga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali tomonidan hududlarda sodir bo‘layotgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 24 soatlik navbatchilik maxsus brigadalari tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, kuni-kecha Sariosiyo tumanining 35/10 kV li "Toqchiyon" podstansiyasidan chiquvchi havo elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik, noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay soha xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tiklandi.

Shuningdek, Boysun tumanidagi qator aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 35/10 kV li "Qo‘rg‘oncha" podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilib, yuzaga kelgan nosozliklar tezkor bartaraf etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter