Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.9K photos
3.28K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hududiy Kengash raisi, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida maktab ta’limi sohasini rivojlantirishdagi mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan xatolar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazildi.

Unda hududlardagi o‘rganish natijalari tahlil qilindi. Ayrim maktablarda ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” kabi tadbirlar nomiga o‘tkazilib, o‘quvchilar ta’limiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi qayd etildi.

Mas’ullarga o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish, darslarga munatazam qatnashmayotgan o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga jalb qilish, ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda seminarlar o‘tkazish hamda “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” tadbirlarini sinflar kesimida tashkil etish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, maktab va bog‘chalarda autsorsing xizmati ko‘rsatish borasidagi xato va kamchiliklarni barataf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1875

#Surxondaryo #maktab #talim #tarbiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahri va Termiz tumanida ijtimoiy soha obyektlari hamda ko‘p qavatli turar joylarni isitish tizimi holati, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Angor tumanida patronaj xizmati holati o‘rganildi

Hududdagi xonadonlar bilan tanishuv davomida viloyat hokimi tug‘ilgan kunini nishonlayotgan onaxonni tabrikladi.

Tug‘ilgan kun egasi uchun sovg‘alar yetkazib berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sumalak bahorning shifobaxsh taomi bo‘lib, sharq yangi yili bo‘lgan Navro‘z bayramidagi asosiy taom hisoblanadi. Har yili xalqimiz bahor kirib kelishi oldidan ko‘klam, yangilik ramzi sifatida sumalak pishiradi.

Bugun angorlik pillakor, pillachilikda faoliyat yuritib, davlat mukofoti bilan taqdirlangan 85 yoshli Mengnor Xolliyeva "Al-Hakim At-Termiziy" majmuasida ehson uchun dosh qozonlarda sumalak pishirmoqda.

Tadbirga viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tashrif buyurib, pillakor momo bilan dildan suhbatlashdi. Yurt tinchligi va farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan dala chetlaridan samarali foydalanish tadbirlari belgilangan.

💰Qarorga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarga quritish sexi, mini va sovutgichli omborxonalar tashkil etish uchun 30 mlrd so‘m resurs ajratilgan. Ushbu mablag‘lar doirasida tadbirkorlarga quyidagi maqsadlar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Quritish sexlari va muzlatgichli omborxonalar tashkil etish uchun 6 oy imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga, 18 foizdan:
Jismoniy shaxslarga 33 mln so‘mgacha;
Yuridik shaxslarga 300 mln so‘mgacha.

🏦 Kreditlar AT “Xalqbanki”, “Agrobank” va “Mikrokreditbank” banklari tomonidan ajratiladi.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+99876 223 18 32
+99876 223 18 33
+99876 223 18 34
+99876 223 18 35

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Is gazi — inson sog‘ligi va hayoti uchun jiddiy xavf

Havo haroratining sovishi munosabati bilan aholini is gazidan ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz!

Xonadoningizdagi gaz jihozlari soz holatda ekanligiga doim e’tiborli bo‘ling. Gaz hidini sezsangiz darhol 104 raqami orqali gaz xizmatiga, shuningdek, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar, is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan taqdirda 101 yoki 1050 qisqa raqami orqali favqulodda vaziyatlar organlariga murojaat qiling.

O'zingiz va oila a'zolaringizni is gazi va yong'in xavfidan himoya qiling.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, “Ma’naviyat sektori”, ta’lim va tibbiyot maskanlari faoliyati, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish ishlari bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumanida bo‘ldi.

Tashrif davomida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, “Eko bozor” kompleksi, avtoshohbekat hamda maktab binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “To‘xtamish” mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari, maktab va oilaviy shifokorlik punkti faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Ishlarni jadallashtirish, har bir topshiriqni sifatli amalga oshirib, aholi turmush farovonligini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/1881

#Surxondaryo #maktab #tibbiyot #mahalla #infratuzilma #ekobozor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “O‘quv yili tugashiga ikki oy qolgan bo‘lsada, informatikadan haliyam o‘quvchilarda hattoki daftar yo‘q”

Oltinsoy tumaniga tashrif davomida mutasaddilarning mas’uliyatsizligi, maktab va tibbiyot maskani faoliyati tanqid qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Aholini uy-joy bilan ta’minlash borasidagi islohotlar

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on va Boysun tumanlarida bunyod etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlarida amalga oshirilayotgan ishlar tafsilotlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Surxondaryo viloyati hokimi bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi

Joriy yil 18-fevral kuni soat 19:00 dan boshlab “Surxondaryo” telekanalining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali vohada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, hududlarda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, oldindagi rejalar, vazifalar hamda aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

☎️ Ochiq muloqot uchun savol, taklif va murojaatlar efir studiyasiga bog‘langan quyidagi telefon raqamlari orqali har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinmoqda.

+99876 223 54 58;
+99876 223 54 67
.

📥 Shuningdek, murojaatlaringizni +99899 482 00 77 telegram raqamiga ham yo‘llashingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “San’at saroyi” majmuasida bo‘lib, “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari hamda saylda o‘tkaziladigan tadbirlar, hududlar va boshqarmalar o‘tovlarining joylashuv joylari, asosiy va qo‘shimcha sahnalar chizmalari bilan tanishdi.

Shahar va tumanlar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlari, boshqarma hamda tashkilotlar mutasaddilari bilan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, ajratilgan maydonda obodonlashtirish ishlarini olib borish, daraxt ko‘chatlari ekish, hududning o‘ziga xos urf-odatlari, an’analari bilan bezash, gastronomik turizm salohiyatini namoyish etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Sahna va o‘tovlarni bezashda ishlatiladigan milliy liboslar, ko‘rgazmalar, sahna va o‘tovlar joylashuvi taqdimot qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1882

#Surxondaryo #Navruz #taqdimotlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter