Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.7K photos
3.7K videos
3 files
15.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladigan kompleksga boruvchi yo‘llar qurilishi, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash ishlari hamda viloyat, shahar va tumanlar o‘tovlari, markaziy va qo‘shimcha sahnalar joylashuvi, transportlar to‘xtash joyi, mahalliy va xorijiy turistlarning kelib-ketishi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Tuman markazida xizmat ko‘rsatish sohasida, jumladan, umumiy ovqatlanish joylari hamda mehmonxonalar qurilishi, avtomobil yo‘llari va piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rish, xizmat ko‘rsatish sifatini belgilangan standart talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1862

#Surxondaryo #Boysunbahori #xalqaro #festival

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍34👎32🔥2👏2😐2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalida jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍51👏5🙏3🕊2
Virusli gepatit A kasalligidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar

Ota-onalar farzandlariga virusli gepatit A kasalligidan saqlanish bo‘yicha o‘rgatishi lozim bo‘lgan ko‘nikmalar;

Virusli gepatit A kasalligidan saqlanishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar;

Qanday belgilar yosh bolalarda kuzatilsa shifokor ko‘rigidan o‘tkazish muhim.

📑 Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan infografikalarda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

⚠️ Gepatit A ga qarshi farzandingizni emlatishni unutmang!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍32👏1🙏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Aholi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍15👏2🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Boysun tumani markazida yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar uchun xavfsizlikni ta’minlash va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish ishlari bilan tanishdi hamda mutasaddilarga vazifalarni belgilab berdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍36👏1🙏1
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida vazirlik va idoralar vakillari, viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, viloyat hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari, shuningdek, iqtisodiy kompleks tashkilotlari mas’ullari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimizning vohaga tashrifida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, ularni biznesga jalb qilish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish borasida 2024 yildagi muhim vazifalar, o‘rta shaharlar loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1863

#Surxondaryo #ijtimoiyiqtisodiy #rivojlantirish #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍50👏3🕊3🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson fitrati | Ma’naviyat: tahdidlar, yechim va tavsiyalar

Bugun, 11-fevral soat 20:00 da Surxondaryo telekanalining "Inson fitrati" ko‘rsatuvida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov bilan "Ma’naviyat: tahdidlar, yechim va tavsiyalar" mavzusida suhbat o‘tkaziladi.

Unda yoshlarni ma’naviy barkamol, Vatanparvar inson qilib tarbiyalash, oilalarda ma’naviy tarbiyani tashkil etishdagi muammolar, ularning yechimlari yuzasidan tavsiyalar, mafkuraviy tahdidlarga qarshi turish hamda Surxondaryo tajribasi bo‘lgan "Ma’naviyat sektori"ni tashkil etish masalalarida so‘z yuritiladi.

Ko‘rsatuvni Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining You tubedagi rasmiy sahifasi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍362👎2👏2🎉2
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “San’at saroyi” majmuasida “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, Alisher Navoiy ko‘chasidagi avtomobil yo‘li, shahar Mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi, 300 o‘rinli “Tibbiyot klasteri” qurilishi bilan tanishdi.

Mutasaddilarga obodonlashtirish, daraxt ko‘chatlari ekish ishlarini jadallashtirish, bayramga puxta hozirlik ko‘rish vazifasi topshirildi. Shuningdek, “Tibbiyot klasteri”ga eng malakali, sohadagi ilg‘or tajribaga ega shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarini tanlov asosida ishga jalb qilish lozimligi qayd etildi.

O‘rganish ishlari so‘ngida Farovon massividagi “Bog‘i shamol” mahallasida infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarining borishi ko‘zdan kechirilib, ishlarni jadallashtirish hamda “Navro‘z” bayramigacha yakunlash vazifasi qo‘yildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1864

#Surxondaryo #Navruz #tibbiyotklasteri #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍30🔥1👏1🙏1