Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33K photos
3.28K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahri ko‘chalari bo‘ylab yashil hududlar kengaymoqda

Termiz shahridagi markaziy ko‘chalar bo‘ylab 12 mingta daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ishlar qizg‘in davom etmoqda. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar ko‘chalarida daraxt ekish jarayonlari bilan tanishdi.

Viloyat rahbari "Afg‘on shamoli" keltirib chiqaradigan chang-to‘zonlarning aholi salomatligiga tasirini kamaytirishda "yashil kamarlar"ning muhimligini ta’kidladi hamdq ko‘chatlar ekilishi va parvarishiga mas’ul biriktirish vazifasini topshirdi.

Hozirda vohaning tuproq unumdorligi, iqlim sharoitlariga mos, ekologiyaning tozaligi va havoning musaffoligini ta’minlashga xizmat qiladigan ko‘p yillik daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov sportni ommalashtirish bo‘yicha tizimni to‘liq va samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumanida sport sohasi mas’ullari hamda murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sport muassasalari va mahalla yoshlar yetakchilari o‘rtasida doimiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, “sektor-tuman-viloyat” darajalarida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, seleksiya ishlarini ham sifatli yo‘lga qo‘ygan holda yosh iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mintaqaviy va xalqaro sport musobaqalarida ishtiroki uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan kompleks chora-tadirlarni amalga oshirish vazifalari topshirildi.

Uchrashuvdan so‘ng, tumandagi 5-sonli bog‘chadagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan taqdimot bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1856

#Surxondaryo #sport #musobaqalar #maktabgachatalim

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyga_ehtirom
#chellenj

Termiz davlat universiteti talabalari 9-fevral - buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Navoiyga ehtirom” chellenjini boshlab berishdi.

Chellenj estafetasi Qarshi davlat universitetiga topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning yosh tadbirkorlar bilan videokonfrensaloqa tarzida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Markaziy va hududiy studiyalar orqali uch mingdan ortiq yosh tadbirkorlar ishtirok etgan uchrashuvda kredit olish, imtiyoz va imkoniyatlar, soliq to‘lovlari tartiblari va boshqa masalalar yuzasidan markaziy va tijorat banklari mutasaddilari, Soliq boshqarmasi boshlig‘i hamda Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbarlari tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1858

#Surxondaryo #davrasuhbati #yoshtadbirkorlar #muloqot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Sportni rivojlantirish borasidagi ishlarimiz talabga javob bermaydi. Mahallalarda sport musobaqalarining tashkil etilishi va yoshlarning ommaviy sportga jalb qilinishi qoniqarsiz ahvolda”

Viloyat hokimi mas’ullar va murabbiylar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda sport sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sanab o‘tdi va bu boradagi qator vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli bog‘cha faoliyati bilan ham tanishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Halol va vijdonli yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ularning muammolarini aniqlash va tezkor hal qilish tizimini yo‘lga qo‘yamiz"

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter