Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.4K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Surxondaryolik 100 nafar yosh “Jasorat maktabi”ning beshinchi mavsum o‘quv-yig‘inida ishtirok etdi

👮‍♂️"Termiz" umumqo‘shin dala paligonida joylashgan harbiy qismda o‘tkazilgan 10 kunlik o‘quv-yig‘inida yoshlar guruhlarga ajratilib, kasb-hunar, jangovar, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, IT texnologiyalari va tadbirkorlik mashg‘ulotlariga jalb qilindi.

🤼‍♂️Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan turli jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, sport musobaqalari o‘tkazildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍17👏31
Prezidentimizning “Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talab yuqori bo‘lgan dori-darmonlarni mahalliylashtirish, sohada yangi loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish orqali aholini sifatli va arzon dori-darmonlar hamda tibbiy vositalar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Hududlarda farmatsevtika sohasidagi investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirish ishlarini loyihabay kesimda tashkil etish, yaratilayotgan imkoniyatlarni tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ib qilish, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga qator vazifalar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1826

#Surxondaryo #farmatsevtika #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍15👏31🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Boysun bahori" xalqaro festivali o‘tkaziladigan kompleks qurilishi va tayyorgarlik jarayonlari hamda avtomobil yo‘llari qurilishi taqdimoti bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍50👏52🎉2🕊2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Biz yoshlarga til o‘rgatib, ularni oddiy ishchi qilib emas, qurilish, tibbiyot, ijtimoiy xizmatlar mutaxassisi kabi yaxshi, daromadli ishlarga yuboramiz”

Surxondaryo viloyati hokimi Boysun tumanidagi kasb-hunar maktabida Germaniya davlatiga ishga borish istagini bildirgan yoshlarga nemis tilini o‘qitish, IT dasturlash va grafik dizayn kurslari faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan “Hunarmandchilik markazi” faoliyati va u yerda tayyorlangan milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍33👎2🔥2👏2
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrif buyurib, avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha loyihalar taqdimoti, ishlarning borishi, “Boysun bahori” festivaliga tayyorgarlik jarayonlari hamda kasb-hunar maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat hududidan o‘tuvchi 4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” va 4R-100 “Mang‘uzor-Jarqo‘rg‘on-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yo‘lida rekonstruksiya ishlarini sifatli amalga oshirish, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida nemis tilini o‘qitish, IT dasturlash va grafik dizayn kurslarida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat qilinib, “Hunarmandchilik markazi” faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumot uchun, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1830

#Surxondaryo #Boysunbahori #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍482👏2🕊2🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Murojaat ijrosi: Viloyat hokimidan tikuv dastgohi so‘ragan Shaxzodaning murojaati bir kunda hal etildi

Termiz shahrida yashovchi Usmonova Shahzodaning otasi birinchi guruh nogironi bo‘lib, u oilada yagona boquvchi.

Shuni hisobga olib, Shahzodaga o‘zini o‘zi band qilishi, oilasi uchun qo‘shimcha daromad topishiga ko‘maklashish maqsadida tikuv dastgohlari yetkazilib, o‘rnatib berildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍40👏7🙏2
Abadiy kurash...

Vatan mustaqilligi, millat taqdiri uchun kurash – abadiy kurashdir

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: O‘zbekistonning har bir farzandi xalqimizning birdamligi, mamlakat yaxlitligi uchun kurashib yashashni o‘z hayotining ma’nosi deb bilmog‘i kerak! Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!

Batafsil: https://uza.uz/posts/562794

Батафсил: https://uza.uz/posts/562793

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍23🤝3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Surxondaryoda operativ o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍15🔥2👏2🎉1
UzA | “Boysun bahori” dunyo xalqlarini so‘lim tog‘lar qo‘yniga chorlaydi

Boysun tumanida joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Ayni paytda festival bo‘lib o‘tadigan hududda mehmonxona, yirik sahna, anfiteatr, viloyatlar qo‘rg‘onlari uchun joy, etnosport maydonchalari va boshqa infratuzilma inshootlari bunyod etilmoqda, yashillikka burkanadigan tog‘lar bag‘rida o‘tovlar o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/posts/564115

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍26👏2🔥1