Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.3K photos
3.23K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalarni sog‘lomlashtirish, "yashirin iqtisodiyot"ga qarshi kurashish hamda tadbirkorlik uchun kredit bazasini shakllantirishdagi mavjud muammolar yuzasidan muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.

Viloyat prokurori tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar, hududlarda aniqlangan holatlar tahlili o‘qib eshittirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektorlar va tijorat banklari rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini oshirish maqsadida olingan yirik miqdordagi kreditlarning muddatida qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1811

#Surxondaryo #oilaviytadbirkorlik #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Yapon tadbirkorlari Surxondaryoda

Surxondaryo viloyati bilan tanishish hamda kelgusida savdo, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish uchun Termiz shahriga Yaponiya tadbirkorlari delegatsiyasi keldi.

Kunchiqar mamlakat ishbilarmonlari o‘z safarini viloyatdagi ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish korxonalari bilan tanishish va qadimiy arxeologik yodgorliklarni tomosha qilish bilan boshladi.

Batafsil: uza.uz/posts/562577

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Respublikamizning taniqli artistlari, aktyor va xonandalari Surxondaryoga tashrif buyurishmoqda

Joriy yilning 31-yanvar va 1-fevral kunlari viloyatimizning shahar va tumanlarida xalq artistlari, teatr va kino aktyorlari hamda estrada xonandalari ishtirokida ijodiy-ma’rifiy tadbirlar hamda teatr tomoshalari o‘tkaziladi.

Ijodiy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda teatr tomoshasi vaqtlari hamda joylari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

🗓 2024-yil 31-yanvar soat 10:00, Termiz shahar madaniyat markazida:
O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova;
Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatr aktyori Nurbek Mamatov;
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist - Dilfuza Rahimova;
Estrada xonandasi Xojiakbar Xaydarov va Dilfuza Tug‘anbayevalar ishtirokida ijodiy-ma’rifiy uchrashuv.

🗓 2024-yil 31-yanvar soat 14:00, Jarqo‘rg‘on tumani madaniyat markazida:
O‘zbekiston xalq artisti Zuxra Ashurova;
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov;
Estrada xonandasi Umid Shaxabov, Shahnoza Xushiyeva, Dilafruz Xayitmetovalar ishtirokida ijodiy-ma’rifiy uchrashuv.

🗓 2024-yil 31-yanvar soat 17:00, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida:
“To‘maris” spektakli namoyishi.

🗓 2024-yil 1-fevral soat 11:00, Angor tumani madaniyat markazida:
O‘zbekiston xalq artisti Zuxra Ashurova;
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov;
Estrada xonandasi Umid Shaxabov, Shahnoza Xushiyeva, Dilafruz Xayitmetovalar ishtirokida ijodiy uchrashuv.

🗓 2024-yil 1-fevral soat 14:00, Sherobod tumani madaniyat markazida:
O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova;
Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatr aktyori Nurbek Mamatov;
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist - Dilfuza Rahimova;
Estrada xonandasi Xojiakbar Xaydarov va Dilfuza Tug‘anbayevalar ishtirokida ijodiy-ma’rifiy uchrashuv.

Taniqli san’atkorlarimiz bilan bo‘ladigan uchrashuvlar hamda teatr tomoshasiga barcha vohadoshlarimizni taklif etamiz.

Keling, konsert dasturlari, ijodiy uchrashuvlar hamda spektakl tomoshasidan bahramand bo‘ling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun O‘zbekiston-Yaponiya xalqaro iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar parvarishiga oid xizmatlar ko‘rsatish, turizm, o‘quv markazlari tashkil etish, mehmonxona xizmatlari yo‘nalishidagi Yaponiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurib, qator ishlab chiqarish, xizmatlar va logistika markazlari hamda tarixiy va diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi.

Jumladan, mehmolar “Termiz xalqaro savdo markazi”, “Termez National Carpets” MChJning gilam ishlab chiqarish korxonasi, “Sulton Saodat” majmuasi hamda Surxondaryo tarixi va madaniyati muzeyida bo‘lishdi. Surxondaryo-Yaponiya biznes forumida vohamizning investitsiya va turizm salohiyati haqida axborotlar berildi. Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” uchrashuvlarida qator yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 3 ta shartnoma imzolandi.

Yaponiya delegatsiyasi uchun tashkil etilgan madaniy tadbirda vohaga xos milliy cholg‘ular, folklor jamoalarning chiqishlari hamda Surxoncha raqslar namoyish etildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1812

#Surxondaryo #Yaponiya #delegatsiyatashrifi #Forum #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, ariqlarni betonlash, tinim davrida bo‘sh yer maydonlarini shudgorlash, mahalliy o‘g‘itlarni chiqarish, g‘alla parvarishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mutasaddilarning axborotlarini tingladi.

Tumanning “Kampirtepa” hududida “Pomir agroklaster” MChJning 76 gektarlik dala chetlaridagi 2,7 km ichki ariqlarni betonlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Suv muammosini biroz bo‘lsada yumshatish, uning ortiqcha sarfini kamaytirish uchun ariqlarni betonlash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, ishlarni sifatli tashkil etganlarga minnatdorchilik bildirildi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirlarni mas’uliyat bilan bajarish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

#Surxondaryo #betonlash #shudgorlash

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter