Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.21K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun navbatdagi “Hokimlik soati” muhokamasi o‘tkazildi. Unda topshiriqlar va dasturlar ijrosi, murojaatlarning hal etilishi, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, “IT” sohasida korxonalar faoliyati va dasturiy mahsulotlar eksportini oshirish, budjet tushumlarini ta’minlash hamda Termiz shahridagi ko‘chalar bo‘ylab daraxt ko‘chatlari ekish ishlarining borishi masalalari muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan hududlar va sohalar kesimida mas’ullarning axborotlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/uz/blog/1783

#Surxondaryo #hokimliksoati #muhokama #ijrointizomi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi: Surxondaryo viloyatida 2,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati Urumchi shahrida birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi Surxondaryo delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” muzokaralarida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tomonining rasmiylari va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli 2,5 mlrd dollarlik 25 ta investitsiya loyihalari va 130 mln dollarlik 7 ta eksport kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha bitim va shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, “Xinjiang International Convention & Exhibition Centre” markazida “Made in Uzbekistan” Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasining ochilishi ham boʻlib oʻtdi. Ayni damda Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan povilonda vohamizda ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik, qurilish materiallari, mebel va aksessuarlar namoyish etilmoqda.

Batafsil

#Xitoy #hududlararoforum #shartnomalar #bitimlar #MadeinUzbekistan

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz arxeologiya muzeyi

Markaziy Osiyoda yagona bu muzeyda insoniyatning ilk makonlari, OKS sivilizatsiyasi, qadimgi Baqtriya o‘lkasi, Kushon imperiyasi va Islom madaniyatiga oid 130 mingdan ortiq eksponat jamlangan.

Muzey fondida 100 mingdan ortiq arxeologiya, 30 mingga yaqin numizmatika materiallari, 17 ming kitob saqlanadigan kutubxona mavjud. Nodir durdonalar arab va fors tillarida yozilgan qo‘lyozma va toshbosma kitoblar hisoblanadi.

Muzey boy tarixga ega qadimiy hudud haqida o‘tmishdan so‘zlaydigan noyob yodgorliklari, asori-atiqalari bilan dunyo sayyohlarini lol qoldirmoqda. Qadimgi va hozirgi Surxon vohasining rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Shtab muhokamasi: Xitoy davlati bilan hamkorlikdagi loyihalar va boshqa muhim masalalar tahlili

Ayni vaqtda Xitoy davlatida bo‘lib turgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Zoom” platformasi orqali viloyat navbatchilik Shtabining navbatdagi muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.

Unda kunlik belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan sohalar va hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Viloyat rahbari viloyatimiz delegatsiyasi ishtirok etayotgan birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumidagi kelishuvlar, yangidan tuzilayotgan bitim hamda amalga oshiriladigan loyihalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Vohamizning qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati, geologiya, to‘qimachilik, umuman, ishlab chiqarishdagi mavjud salohiyatni ishga solish, yangi ish o‘rinlari yaratish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhimligini qayd etdi. Yangi loyihalarning ishga tushirilishi birinchi navbatda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga, pirovardida viloyatning rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muhokama yakunida mas’ullarga ijro intizomiga qat’iy rioya qilgan holda topshiriqlarni muddatida va sifatli bajarish yuzasidan vazifalar yuklandi.

#Surxondaryo #Xitoy #shtab #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Suvni isrof qilishdan to‘xtang

Unutmang, hozirda muqobili bo‘lmagan, boshqa birorta mahsulot o‘rnini bosolmaydigan ichimlik suvi kelajak avlodlar uchun ham kerak!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Diqqat e’lon: Avtobus haydovchilari ishga taklif qilinadi!

🚌 “Toshshahartransxizmat” AJning “Termiztransxizmat” filiali yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada yaxshilash, aholiga sifatli va arzon avtotransport xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish maqsadida “ISUZU” rusumli avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘ygan.

Korxona mazkur yo‘lovchi tashish transportlarini boshqarish uchun tajribali avtobus haydovchilarini ishga taklif etadi.

☝️Haydovchilar uchun talablar:
“D” toifali haydovchilik guvohnomasi;
Avtobus haydovchiligidagi ikki yillik tajriba.


📍Manzil: Termiz shahri “Amir Temur” ko‘chasi, 94-uy.

📞 Murojaat uchun telefonlar:
+998-93-572-29-05,
+998-93-628-00-56.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📈 Infografika: O‘zbekiston-Xitoy savdo-investitsiyaviy hamkorligi

🇺🇿🇨🇳Xitoy O‘zbekistonning yetakchi savdo hamkorlaridan biri va iqtisodiyotimizning yetakchi investoridir. 2017-2022-yillarda o‘zaro tovar ayirboshlashning umumiy hajmi 4,7 milliard dollardan 8,9 milliard dollargacha, ya’ni 1,9 barobarga oshdi. O‘zbekistonning Xitoyga eksporti 2,0 milliard dollardan 2,5 milliard dollarga, import 2,7 milliard dollardan 6,4 milliard dollargacha ortdi. 2017-yildan buyon Xitoyning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 5 barobarga oshib, 12 milliard dollarga yetdi.

🤝Kuni-kecha Urumchi shahrida o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumida Xitoy kompaniyalari bilan Surxondaryo viloyatida o‘zaro manfaatli 2,5 mlrd dollarlik 25 ta investitsiya loyihalari va 130 mln dollarlik 7 ta eksport kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha bitim va shartnomalar imzolandi.

📈 O‘tgan yil yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 325,2 mln dollarni tashkil etgan bo‘lib, shundan, 69,6 mln dollari yoki jami tashqi savdo aylanmasining 21 foizi Xitoy davlati hissasiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, Surxondaryo korxonalari tomonidan jami 37,4 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi va viloyatimizga Xitoydan 32,2 mln dollarlik mahsulotlar import qilindi.

🏗 Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 21 ta Xitoy kompaniyalari bilan ishga tushirilgan xorijiy va qo‘shma korxonalar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 11 tasi yirik loyihalar sirasiga kiradi.

📈 Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda qator yirik investitsiya loyihalari, jumladan, Sherobod tumanida loyiha qiymati 600 mln dollarlik kaliy qazib olish va qayta ishlash, Oltinsoy tumanida 50 mln dollarlik ko‘mir qazib olish, viloyatimizning bir nechta hududida 50 mln dollarlik qo‘mirdan koogeneratsiya usulida sintetik gaz ishlab chiqarish kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalarda 2 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratish va 1 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Facebook | Instagram | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM