Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.8K photos
3.27K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Ulug‘bek Qosimov: Eng achinarlisi yashirin iqtisodiyot sabab ishchilar kelgusida pensiyaga chiqishlari uchun zarur bo‘lgan ish stajlaridan mahrum bo‘lmoqda!

Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida qurilish sohasidagi dasturlar va “Tashabbusli byudjet” dasturining 2023-yil 2-mavsumi ijrosi hamda “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

Loyihalarni “shablon” ishlab chiqmasdan, hududning o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, birinchi navbatda kelgusida uning samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisobga olish, “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi qat’iy kurashish, korxonalarni sog‘lomlashtirish, tadbirkorlarga halol faoliyat yuritish har tomonlama foydali ekanligini tushuntirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Surxondaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy foydalanish holatlarini zudlikda to‘xtatish, buning ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari topshirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/uz/blog/1781

#Surxondaryo #qurilish #dasturlarijrosi #yashiriniqtisodiyot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi oqova suvlarining ortiqcha isrofini kamaytirish maqsadida ariqlar betonlanmoqda

Surxondaryo viloyatida klaster va fermer xo‘jaliklarining 1,1 ming km ichki ariqlarini betonlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 631 km uzunlikdagi betonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, qishki tinim davrida zovurlarni tozalash, kanallarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va ishlarni sifatli olib borish yuzasidan qator vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, g‘alla parvarishi, mahalliy o‘g‘itlar solish kabi tadbirlar ham ko‘zdan kechirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bandixon tumanida ikki mingdan ziyod yoshlar ishtirokida harbiy-Vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Surxondaryoda «Yashil belbog‘» barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Xitoy Xalq Respublikasiga yetib bordi. Tashrifning birinchi kunida 9 ta kompaniya prezidentlari hamda vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Xususan, yer osti boyliklarini qazib olish, qayta ishlash, “City” qurish, sog‘liqni saqlash va muqobil energiya sohalarida hamkorlik, M-41 xalqaro magistral yo‘li hamda Amuzang-1 va Amuzang-2 kanallarini ta’mirlash, oqava suv tizimlarini yaxshilash, infratuzilma obyektlarini qurish, Urumchi-Termiz savdo uyini tashkil etish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, urug‘chilikni rivojlantirish, metalni qayta ishlash kabi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Xitoy provinsiyalari gubernatorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1782

#Surxondaryo #Xitoy #tashrif #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar diqqatiga!

Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan viloyatdagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 40 mln dollar yo‘naltirilgan.

Siz ushbu mablag‘lardan samarali foydalangan holda o‘z tadbirkorlik loyihalaringizni viloyatimizning quyidagi hududlarida tashkil etilgan sanoat zonalarida amalga oshirishingiz mumkin:

Termiz shahri “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida 2,7 gektar maydondagi 47 ta lotda;

Denov tumani “Qo‘zichoqli” mahallasida 4 gektar maydondagi 70 ta lotda;

Qumqo‘rg‘on tumani “Bahoriston” mahallasida 1,5 gektar maydondagi 28 ta lotda.

Tijorat banklari tomonidan ushbu yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida loyihalarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlar uchun 10 yil muddatga, yillik 18 foiz bilan kredit mablag‘lari ajratiladi.

📞 Murojaat uchun telefonlar:
+99891 901 77 78;
+99891 905 05 97.

Manzil: Termiz shahri “Tinchlik” mahallasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida eko, agro va ziyorat turizmi istiqbollari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun navbatdagi “Hokimlik soati” muhokamasi o‘tkazildi. Unda topshiriqlar va dasturlar ijrosi, murojaatlarning hal etilishi, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, “IT” sohasida korxonalar faoliyati va dasturiy mahsulotlar eksportini oshirish, budjet tushumlarini ta’minlash hamda Termiz shahridagi ko‘chalar bo‘ylab daraxt ko‘chatlari ekish ishlarining borishi masalalari muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan hududlar va sohalar kesimida mas’ullarning axborotlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/uz/blog/1783

#Surxondaryo #hokimliksoati #muhokama #ijrointizomi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi: Surxondaryo viloyatida 2,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati Urumchi shahrida birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi Surxondaryo delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” muzokaralarida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tomonining rasmiylari va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli 2,5 mlrd dollarlik 25 ta investitsiya loyihalari va 130 mln dollarlik 7 ta eksport kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha bitim va shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, “Xinjiang International Convention & Exhibition Centre” markazida “Made in Uzbekistan” Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasining ochilishi ham boʻlib oʻtdi. Ayni damda Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan povilonda vohamizda ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik, qurilish materiallari, mebel va aksessuarlar namoyish etilmoqda.

Batafsil

#Xitoy #hududlararoforum #shartnomalar #bitimlar #MadeinUzbekistan

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter