Surxondaryo viloyati hokimligi
24K subscribers
36.3K photos
3.56K videos
3 files
15.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat hokimi huzurida 2024-yilda qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Unda joriy yilda belgilab olingan rejalar, yangi loyihalar va qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tarmoqlarni rivojlantirish masalalarida axborot berildi.

Sohada o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1773

#Surxondaryo #qurilish #taqdimot #rejalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yirik yo‘l qurilishi loyihasi: Boysun-Denov yo‘nalishida avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

📹 Video SD formatda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati mahallalarni qo‘llab-quvvatlash kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, sohada yo‘lga qo‘yilayotgan yangi uyushma, uning vakolat va vazifalar hamda mahallalar tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Yakunda Kengash a’zolarining ma’ruzalari tinglanib, Uyushmaning ta’sis konfrensiyasida Surxondaryo viloyati nomidan ishtirok etadigan delegatlar saylab olindi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1774

#Surxondaryo #mahalla #konfrensiya #delegatlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Diqqat e'lon: Elektr energiya iste'molining uzluksizligini ta'minlash maqsadida hududlarda ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filialining axborotiga ko‘ra, ertaga, 16-yanvar kuni viloyatimizning quyidagi hududlarida elektr ta’minotini yaxshilash hamda favqulodda "avariya" holatlarining oldini olish maqsadida ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi:

Boysun tumani;
“Sariosiyo”, "Chilonzor", "Darband", "Sho'rsoy" va "Kofirun" mahallalarida.

Denov tumani;
“Bog'inav", "So'fi Olloyor" va "A.Jomiy" mahallalarida.

Jarqo‘rg‘on tumani;
“Matonat”, "Avlod", "Obod guzar" va "Gulhovuz" mahallalarida.

Qiziriq tumani;
“Karmaki" va "Yangiobod" mahallalarida.

Qumqo'r'gon tumani;
"Guliston" mahallasida.

Muzrabod tumani;
"Yangiyer", "Mustaqillik", "Fidokor" va "Alpomish" mahallalarida.

Oltinsoy tumani;
“Qoratepa” va "Qurama-1" mahallalarida.

Sariosiyo tumani;
"Marjona", "Bog'iobod" va "Yangi hayot" mahallalarida.

Termiz tumani;
"At-Termiziy" mahallasida.

Termiz shahri;
"O'zbekiston" mahallasida.

Uzun tumani;
"Obod yurt" mahallasida.

Sho'rchi tumani;
“Joyilma”, "Baxshitepa" va "Qora ariq" mahallalarida.

Ta’mirlash ishlari jarayonlarida ushbu hudud va mahallalarda soat 9:00 dan 17:00 gacha oraliqda vaqti-vaqti bilan elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

❗️Ushbu tadbirlar kelgusida ta’minot sifatini oshirish uchun amalga oshirilayotganligini ma’lum qilgan holda, iste’molchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish, og‘ir toifadagi 4 ta mahallada amalga oshiriladigan ishlar, ishlab chiqarish korxonasi va xususiy oliy ta’lim muassasasi faoliyati, “Alpomish kurash majmuasi”ning qurilishi, xorijiy investitsiya o‘zlashtirish, eksportni oshirish va yirik loyihalarni ishga tushirish hamda “IT Park” uchun tanlab olingan bo‘sh binolar taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, “Indenim” savdo majmuasida yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar narxlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1775

#Surxondaryo #mahalla #institut #kurashmajmua #ITPark

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter