Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33.2K photos
3.3K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Yangi yil bayramida xizmat burchini bajarayotgan xodimlarga sovg‘alar topshirildi

Bayramni o‘z xonadonimizda, oilamiz davrasida nishonlayotgan paytda bizning tinchligimiz va xavfsizligimiz uchun xizmat qilayotgan organ xodimlari o‘z vazifalarini davom ettirishmoqda.

Xususan, bugun jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlayotgan Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar kabi organlar xodimlariga bayram sovg‘alari topshirildi.

Bayram kunlari o‘z faoliyatini davom ettirayotgan barcha soha vakillarini Yangi yil bayrami bilan tabriklaymiz hamda ularga minnatdorchilik bildiramiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bemor bolalar va ayollarga yangi yil sovg‘alari

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va viloyat onkologiya dispanserida bo‘lib, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bolajonlar hamda ayollar holidan xabar oldi.

Zamonaviy usulda jihozlanib, bolajonlarning salomatligini muhofaza  qilish uchun  barcha qulaylikka  ega bo‘lgan viloyat ko‘p tarmoqli  bolalar tibbiyot markazida  230 dan ortiq o‘g‘il-qiz yangi yilni kutib olmoqda. Tubdan rekonstruksiya qilingan viloyat onkologiya dispanserida 40 nafar bemor davolanayotir.


Batafsil: https://uza.uz/posts/553539

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli vohadoshlar!

Viloyatimiz, xalqimiz uchun yutuqlarga, quvonchli kunlarga boy bo‘lgan 2023-yil yakuni va orziqib kutilayotgan 2024-yil ostonasida barchangizni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, to‘kin hayot, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Yangi yilda ham xonadoningizdan fayz-baraka, shodlik, tinchlik va xotirjamlik arimasin! 

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Cheksiz hurmat va ehtirom bilan,
Ulug‘bek Qosimov, Surxondaryo viloyati hokimi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
2024-yil — «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqiga yo‘llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
⚡️Yangi yilning ilk daqiqalarida Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

Viloyat 1-sonli perinatal markazida yangi yil boshlanishining ilk daqiqalarida tug‘ilgan uch egizaklar va ularning onasiga viloyat hokimining sovg‘alari hamda bayram tabriklari yetkazildi.

Hozirda ona va bolalarning sog‘ligi normal holatda bo‘lib, ular shifokorlarning doimiy nazoratida.

Kirib kelgan yil vohadoshlarimizga fayzli va barokatli bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🗓 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

🔹Pensionerga hisoblangan ammo o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati uzaytiriladi Batafsil

🔹Ma’muriy sudlarda davlat boji ishni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra aybdor tarafdan undiriladi Batafsil

🔹Bir necha shaharlarda yo‘lovchilarni tashish brutto-shartnoma asosida tashkil etiladi Batafsil

🔹Garov bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi Batafsil

🔹Pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi Batafsil

🔹Ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi Batafsil

🔹Maktab direktorlari har 5 yilda kasbiy sertifikatsiyalanadi Batafsil

🔹Ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha “Tejamkor uy” reyting tizimi ishga tushiriladi Batafsil

🔹Yangi obyektlarni loyihalashtirishda chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan loyihalar ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi Batafsil

🔹Uy sharoitida daraxt ko‘chatlarini yetishtirish o‘zini o‘zi band qilish hisoblanadi Batafsil

🔹Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi Batafsil

🔹Ayrim poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmati tariflari davlat tomonidan tartibga solinmaydi Batafsil

🔹Professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchilarga imtiyozli kredit ajratiladi Batafsil

🔹Maktablarning qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi Batafsil

🔹Kichik tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi Batafsil

🔹Ayrim tibbiy xizmatlar Davlat byudjeti hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishiga ruxsat beriladi Batafsil

🔹Baliqchilik loyihalari uchun garovsiz kredit ajratiladi Batafsil

🔹Ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk uchun majburiy badallarning eng kam miqdori vazirlik tomonidan belgilanadi Batafsil

🔹“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi Batafsil

🔹Kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Yil sarhisobi: Yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

🛣 2023-yilda 484 km avtomobil yo‘llari asfalt qilindi, 1 171 km tuproq yo‘llar toshlandi va 14 ta ko‘prik ta’mirlandi.

Sohada amalga oshirilgan ishlar hajmi 2022-yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 3 barobarga ko‘proqni tashkil etdi.

Aholi kayfiyati va farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar 2024-yilda ham davom ettiriladi.

Foto: Uzun tumani Yangiyo‘l mahallasida foydalanishga topshirilgan 1 km asfaltlangan va voish tashkil etilgan ichki yo‘l.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🔰Барча воқеалардан биринчилардан хабардор бўлишни истайсизми?

Сизни ҳудудларда бўлаётган воқеалар қизиқтирадими?

Интернет тармоғидаги қайси манбаага суянишни билмаяпсизми?


Ишончли манбаадан янгиликларни билмоқчимисиз?

Воқеалар ривожи онлайн режимда!

Сиёсат оламидаги янгиликлар, иқтисодий, ижтимоий, маданият ва спорт янгиликлари барчаси бизни саҳифаларимизда.

📌Бизнинг Hudud inform телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
❗️Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimliklarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

🔹 Surxondaryo viloyati hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Termiz shahar hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Angor tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish 
🔹 Bandixon tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish 
🔹 Boysun tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Denov tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Qiziriq tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Muzrabot tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Oltinsoy tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Sariosiyo tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Termiz tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Uzun tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Sherobod tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Sho‘rchi tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish

Facebook | Instagram | YouTube
Yil sarhisobi: Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2023-yil davomida 823 km elektr tarmog‘i yangidan tortildi, 376 ta yangi transformator punkti o‘rnatildi. 2 041 km elektr uzatish tarmoqlari va 581 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

2024-yilda ham transformator punktlarini ta’mirlash, yangidan o‘rnatish, yog‘och ustunlarni temir-beton ustunlarga almashtirish hamda yangi elektr uzatish tarmoqlari tortish ishlari bosqima-bosqich amalga oshiriladi.

Foto: “Termiz” podstansiyasiga yangi 40 000 kVA kuch transformatorini o‘rnatish jarayonlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sarhisob-2023: Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun

Surxondaryo viloyatida 2023-yil tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligidagi Ishchi guruhlar Angor va Qumqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, 2023-yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ijtimoiy soha obyektlari holati, “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1764

#Surxondaryo #yilyakunlari #ishchiguruh #rivojlantirish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Yil sarhisobi: Ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifida To‘palang suv omboridan ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihacining birinchi bosqichiga start berilib, 4 ta tumanning 1 mlnga yaqin aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Shuningdek, loyihani davom ettirish uchun Prezidentimiz tomonidan yana 132 mlrd so‘m ajratilib, 2024-yil yakunigacha Termiz shahriga qadar suvni yetkazib berish maqsadida qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida viloyatda jami 995 km tarmoq va 174 ta ichimlik suvi inshootlari qurildi. Mahalliy budjet va homiylik mablag‘lari evaziga 175 km ichimlik suv tarmoqlari qurilib, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 110 ta mahalladagi 1 600 ta xonadonda yashovchi 8 500 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Natijada, 32 ta mahalladagi 58 ming aholi ilk bor ichimlik suvi yetkazib berilgan bo‘lsa, 272 ta mahalladagi 390 ming aholining suv ta’minoti yaxshilandi.

Foto: Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘palang suv omboridan ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasining birinchi bosqichini ishga tushirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter