Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryoda bodom gulladi!

Vohamizda keyingi kunlarda kuzatilayotgan iliq havo ta’sirida Boysun tumanida bodom daraxti gulladi.

Qish faslining bu vaqtida bodomning uyg‘onishi hali oldinda turgan sovuqlar ta’sirida nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli bog‘bonlarimiz daraxtlarning erta uyg‘onishini oldini olish, sovuq urushidan asrash maqsadida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim bo‘ladi.

Jumladan, mutaxassislar bodomning erta uyg‘onishi va gulini sovuq urmasligi uchun kuz fasli va fevral oyida ohakka soz tuproq qo‘shib oqlashni tavsiya etadi. Oq rang quyosh nurining tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushish darajasini pasaytiradi. Buning natijasida daraxt kechroq uyg‘onadi va gulini sovuq urushi kamayadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Metan zapravkalardagi vaqtinchalik uzilish davomida aholini yoqilg‘iga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida AYOQShlarga qo‘shimcha avtobenzin chiqarildi

1-rasm: Kecha, 27-dekabr kuni avtobenzin yetkazib berilgan va hozirda qoldiq mavjud bo‘lgan AYOQShlar soni hududlar kesimida;

2-rasm: Bugun, 28-dekabr kuni avtobenzin chiqarilgan AYOQShlar ro‘yxati hududlar kesimida;

❗️Haydovchilar ushbu ro‘yxatdagi AYOQShlardan avtobenzinini sotib olishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Surxondaryolik urush qatnashchilariga Prezident tabrigi topshirildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohada istiqomat qilayotgan urush faxriylari xonadonida bo‘lib, ularga Prezidentimiz yo‘llagan Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirdi va sovg‘alarini topshirdi.

Sherobod tumanida yashaydigan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 100 yoshli Kenja Ilamanovning xonadonida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda tabarruk otaxon o‘zining urush yillari xotiralari, og‘ir davrlarda ko‘rgan-kechirganlari, ocharchilik yillaridagi qiyinchiliklar, hayot tajribalari haqida so‘zlab berdi. Bugungi ozod va farovon turmushning, dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini ta’kidladi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/552745

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
⚡️Hududlarda tabiiy gaz ta’minoti soat 16:00 dan boshlab bosqichma-bosqich qayta tiklanadi

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali hududlarda tabiiy gaz ta’minoti bugun soat 16:00 dan boshlab bosqichma-bosqich qayta tiklanishini ma'lum qildi.

❗️Hurmatli fuqarolar, gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qiling!

Eslatib o‘tamiz, “Muzrabot-Dushanbe” magistral gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holati sababli bugun soat 6:30 da Termiz shahri, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Muzrabot, Angor va Termiz tumanlarida iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshqarmalar faoliyati va davlat xizmatchilarining samaradorligini o‘rganish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda davlat kadastrlari palatasi va kadastr agentligining viloyat boshqarmalarida bo‘ldi.

Boshqarmalar faoliyati bilan tanishilib, mutasaddilar bilan kadastr, ko‘chmas mulk, yer qonunchiligi hamda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1761

#Surxondaryo #kadastr #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Uzun tumanida yangi temir yo‘l vokzali ishga tushdi

Surxondaryo viloyatining qo‘shni Tojikiston bilan chegaradosh Uzun tumanida “Uzun” temir yo‘l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, temir yo‘lchilar va faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.  

Batafsil: https://uza.uz/posts/552882

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi:

🔹 Muzrabot tumani madaniyat bo‘limi: mudir;

🔹 Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tumani bo‘limi: "Balхiguzar" mahallasi yoshlar yetakchisi;

🔹 Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi: "Saхavot" mahallasi yoshlar yetakchisi;

🔹 Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi: "Nurli diyor" mahallasi Yoshlar yetakchisi;

🔹 Sherobod tuman irrigatsiya bo‘limi: boshliq;

🔹 Oltinsoy tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Zardaqul" mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔹 Bandixon tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: kambag'allikni qisqartirish va mahallani qo'llab-quvvatlash masalalari bo'yicha bo'lim boshlig'i o'rinbosari;

🔹 Jarqo‘rg‘on tumani madaniyat va turizm bo‘limi: mudiri;

❗️Arizalar 30.12.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Yangi yilni ozoda mahalla va ko‘chalar bilan kutib oling!

Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasi yangi yil bayrami oldidan o‘ziga xos aksiya o‘tkazmoqda. Korxonadagi mavjud chiqindi yig‘ish transportlari bayramona bezatilib, hududlarda chiqindilarni yig‘ish bilan birga aholiga bayram kayfiyatini ulashmoqda.

Shu orqali “Toza hudud” korxonasi aholini mahalla va ko‘chalar tozaligiga e’tibor qaratishga, yangi yilni ozoda mahallada kutib olishga chorlamoqda.

Hurmatli fuqarolarimizdan yashab turgan mahallamiz, ko‘cha va xonadonimiz tozaligiga e’tiborli bo‘lib, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashga, yashash manzillari ozodaligini saqlashga chorlab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter