Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.9K subscribers
67.4K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YOLODAMI

YO‘L ODАMI

🇺🇿Toshkent viloyati, Chinoz tumani.

Nurlan va Serikbay Аnvarovlar:
“Otam bilan faxralanamiz. Ota kasbi bizga masʼuliyat yuklaydi”.

📹Yo‘lchilar sulolasining yana bir vakillari haqida hikoya qiluvchi loyiha.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama etildi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov boshchiligida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi J.Tursunov va boshqa mas’ullar ishtirokida yo‘l xo‘jaligi sohasini isloh qilish, sohada erishilgan natijalar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🛣Asosiy e’tibor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son va 25.12.2023-yildagi “2024–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-son qarorlarida belgilangan topshiriqlarni o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash hamda boshqa masalalar muhokama etildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Fargʻona viloyati

Bunyodkorlik obyektlarida


🛣 Uchko‘prik tumanidagi "Boboshbek" MFY hududida yangidan barpo etilayotgan "Boboshbek" ishlab-chiqarish va logistika markazida har bir sohada bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

📌Markazdagi keng ko‘lamli qurilish ishlarida tuman yo‘l quruvchi ustalari tomonidan markaz avtomobil yo‘llari, piyodalar yo‘lakchalari uchun asos tayyorlash ishlari sifatli tarzda amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

🇺🇿Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari
muhokama etildi.

⚖️Avtotrasportlarning ko‘chma vazn o‘lchov vositalari faoliyati uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

⚡️Sirdaryo viloyati yo‘llariga elektron axborot pannosi o‘rnatildi.

🛣“Darband—Boysun—Elbayon” avtomobil yo‘lida ulkan
yangilanishlar.

📌Buxoroda noqonuniy ravishda o‘rnatilgan "Sun'iy noteksliklar" bo‘yicha reyd
o‘tkazildi.

Amudaryo tumanidagi ko‘prik qayta
ta’mirlandi.

🛣YO‘L ODAMI
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani yo‘l xo‘jaligi ishchilari aka-uka Ergashevlar loyiha
qahramonlari.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qamchiq dovoni

Qamchiq dovonida qor yog‘moqda

🌧A-373 “M-39 a/y.— Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida havo bulutli.

228—243 kmlar oralig'ida qor yog‘moqda.

🛣Yo‘llarda ko‘rish masofasi 4000 metrni, shamol tezligi 4—11 m/s ni, havo harorati 0 darajani, namlik 76 %ni tashkil etmoqda.

📌Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun mashina-mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

‼️"Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK Qamchiq dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Qamchiq dovoni

Qamchiq dovonida qor yog‘yapti


A-373 “M-39 a/y.— Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida havo bulutli.

🌧230—243 kmlar oralig'ida qor yog‘moqda.

📌Yo‘llarda ko‘rish masofasi 1000 metrni, shamol tezligi 2—6 m/s ni, havo harorati 0 darajani, namlik 73 %ni tashkil etmoqda.

Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun mashina-mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

‼️"Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK Qamchiq dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Qamchiq dovoni

Qamchiq dovonida qor yog‘moqda


🌧A-373 “M-39 a/y.— Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida havo bulutli.

228—250-kmlar oralig'ida qor yog‘moqda.

📌Yo‘llarda ko‘rish masofasi 500 metrni, shamol tezligi 3—15 m/s ni, havo harorati -1 darajani, namlik 73 %ni tashkil etmoqda.

Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tun-u kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

‼️"Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Buxoro viloyati

"Sho‘rcha" mahallasida obodlik


🏘Kеyingi yillarda yurtimizda juda katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Nafaqat shahar, tuman markazlarida, balki chеkka qishloqlarda ham bunyodkorlik ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ko‘cha va qishloqlarda obyеktlar ta'mirlanib, yo‘llar ravonlashmoqda.

“Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla” davlat dasturi bo‘yicha "Romitan tuman yo‘llardan foydalanish" davlat muassasasi tomonidan tumanning "Sho‘rcha" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi barcha ta'mirtalab ichki yo‘llarda ish boshlandi.
Jami 12 kilomеtrdan ortiq yo‘l qismini shag‘allashtirish va asfalitlashtirish rеjalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda hududdagi 1 kilomеtr masofadagi ichki yo‘llarda shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilib, sifatli qilib ta'mirlanmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Ободликка юз тутаётган манзиллар
#14jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur