Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
183 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
419 links
Download Telegram
#online

Namangan viloyatida mavjud 14011 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘llarining Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan qismida qor yoqqani sabab muzlash holatlari kuzatilyapti.

Yo‘llarda hosil bo‘lgan muzni eritish hamda harakat davomida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2000 nafar ishchi-xodim tun-u kun ish tashkil qilib, tuz-qum aralashmasi sepish ishlarini bajarmoqda.

Shu o‘rinda haydovchilardan harakat xavfsizligiga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
Namanganda mavsumni betalofat o‘tkazish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida kuz-qish shtabi faoliyat yuritmoqda.

Barcha masalalar bo‘yicha tegishli idora mas’ullari shtabga jalb etilgan va murojaatlarga asosan ish tashkil etilishi, muammolar bartaraf etilishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari sizda davlat ahamiyatidagi yo‘llar bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasidagi dispetcherlik markazining +998782231022 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin

Dispetcherlik markazining faoliyati boshqarma boshlig‘i tomonidan nazoratga olingan.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
Бугун халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтди

Унда ташкилий масала кўрилди. Сессияда депутатлар Наманган вилояти ҳокимининг Ғ.О.Джамаловни бошқа ишга ўтиши муносабати билан Наманган шаҳар ҳокими вазифасидан озод қилиш, А.Х.Отаходжаевни Наманган шаҳар ҳокими этиб тайинлаш тўғрисидаги қарорларини бир овоздан тасдиқладилар.

Шунингдек, вилоят ҳокимининг Ғ.О.Джамаловни Наманган вилояти ҳокимининг қурилиш, коммуникациялар, коммунал хўжалик, экология ва кўкаламзорлаштириш масалалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинлаш тўғрисида ҳамда  Ж.М.Хатамовни Наманган вилояти ҳокимининг жамоат ва диний ташкилотлар билан алоқалар масалалари бўйича ўринбосари лавозимига  тайинлаш тўғрисидаги қарорлари йиғилганларга таништирилди. 
#obodlik

Norin tumani Uchtepa MFY hududi ichki yo‘llarining holati solishtirma suratda.

Bir yil avval tashlandiq yo‘l bo‘lgan manzillar, bugun obod bo‘lmoqda

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi