Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
163 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
418 links
Download Telegram
Forwarded from Jurabek Razzakov. NORIN TYFUK
Norin TYFUK
4K 433 avtomobil yo'lida saqlash ishlari
2022-yil 10-iyun kuni Chust tumani hududidan o‘tuvchi davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanilayotgan yo‘l yoqalarida ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, qurt tushishini oldini olish va hasharotlardan saqlash maqsadida dorilash ishlari amalga oshirildi.

"Namangan yo‘l ko‘kalam", "Namangan viloyati ekologiya boshqarmasi" va ''Namangan viloyat karantin boshqarmasi'' xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur dorilash ishlarida BI-58, ovipron, miskuporasi, karbamidlar suv bilan aralashgan holatda yo‘l yoqasidagi mingdan ortiq daraxtlarga sepildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa, yurtimizning yashilligiga hissa qo‘shib, uni obod qilish, manzarali daraxtlarni asrab-avaylashdan iborat.

Namangan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan Promzonada, Polikovskiy ko‘chasidan Oromgoh aylanma yo‘liga chiqaverishdagi chorrahada tarmoq transheyasi kavlab ko‘milmaganligi to‘g‘risidagi xabarlar bo‘yicha tezkorlik bilan ish tashkil etilib, ʼʼNamangan suv taʼminotʼʼ MCHJ ning Yangi Namangan tumani bo‘limi xodimlari tomonidan kovlangan chuqurlar to‘ldirib tekislandi.

Namangan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
#jarayon

Namangan viloyati Norin tumanidan o’tuvchi TK 435 avtomobil yo'lida mavjud eski yo’l belgilarini yangisiga almashtirish va saqlash ishlari olib borilmoqda.

Namangan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 247-248-yo‘l bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur ishlar amaldagi me'yoriy hujjatlar asosida olib borilayotgan bo’lib, piyodalar hamda haydovchilarga harakatlanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulayliklarni oldini oladi.

Namangan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul