Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
188 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
419 links
Download Telegram
“Kichik sanoat zona” mahallasining ichki koʻchalari taʼmirlanib, koʻrkam tus olmoqda

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholining koʻp yillik muammolariga barham berish va ularning turmush darajasini oshirishga koʻmaklashish yuzasidan belgilangan vazifalar Namangan tumanida qizgʻin davom etmoqda.

Hudud infratuzilmasini yaxshilash orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Kichik sanoat zona” mahalla fuqarolar yigʻini yo’llari manzilli dasturi asosida ichki yoʻllari taʼmirlanib, asfalt yotqizilmoqda.

Tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi yoʻlsozlari tomonidan shu kungacha 945 metr masofada asfaltlashtirish ishlari bajarildi. Amaliy jarayonlar davom etishi, loyiha doirasida mahallaning ming metrdan ziyod ichki koʻchalarini ravon holatga keltirish belgilangan.

Hududlar koʻrkiga koʻrk qoʻshib, aholiga qulaylik yaratishga xizmat qilayotgan shu kabi xayrli ishlar tumanning yana koʻplab mahallalarida avj olgan

Namangan viloyati Avtomobil yo’llari boshqarmasi
#респект

Вилоят ҳокими ташаббуси билан Навбаҳор-Сўғдиёна футбол ўйинига Рамазон ойи муносабати билан 15 минг мухлис учун ифторликка егулик тарқатилмоқда.
🌳 "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси давом этмоқда!

Тўрақўрғон туманида 2023 йил баҳор мавсумида 824760 дона манзарали ва мевали дарахт кўчатлари экиш режалаштирилган бўлиб, туман аҳолиси ва мутассаддилар иштирокида кўчат экиш ишлари олиб борилмоқда.

Бугунги кунга қадар туман ҳокимлиги, Ободонлаштириш бошқармаси ва мутассадди ташкилотлар билан биргаликда автомобиль йўл ёқалари, аҳоли хонадонлари, фермер хўжаликлари дала четлари, ташкилот ва корхоналар ҳудудлари ҳамда қабристонлар бўш ер майдонларига 836000 дан ортиқ манзарали ва мевали дарахт кўчатлари экилди.
Ҳозирда автомобил йўл ёқалари ва қабристонлар ҳудудларига манзарали элдор сасна кўчатлари экилмоқда.