Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
164 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
418 links
Download Telegram
YANGI NAMANGAN SHAHARCHASI YO‘LI QURILISHI AVJ PALLADA


Namangan viloyatida yangi shaharsozlik namunasi, yangi standartlar asosidagi uzunligi 3,2 km, eni 60 metr bo‘lgan yo‘l qurilish ishlari boshlangan.

Viloyatimizdagi ilk "smart yo‘l" hisoblangan mazkur proyektning qurilish jarayonlarini bugun Namangan mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati rahbari Odiljon Nazarov ko‘zdan kechirdi.

Mazkur yo‘l infratuzilmasi yetakchi mutaxassislar tomonidan loyihalangan. Ushbu yo‘li ma’lum chuqurlikdan o‘tgan bo‘ladi va O‘zbekistonda ilk bor tajriba sifatida qurilmoqda. Hozirda yo‘l uchun ajratilgan hududda ishlar ketmoqda

Mazkur yo‘lning bu uslubda qurilishiga sabab- ma’lum chuqurlikdagi yo‘llarda atrofdagi aholi qatnov shovqinlaridan ximoyalanadi. Hech qanday shovqin atrofga eshtilmaydi, zarar bermaydi. Va yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, ushbu yo‘lda piyodalar uchun ham 3 metrlik yo‘laklar tashkil etiladi.

Jadal sur’atlarda yil oxiriga tayyor holatga kelishi ko‘zda tutilgan ushbu yo‘lda qurilish ishlarini ko‘zdan kechirgan Namangan mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati rahbari Odiljon Nazarov jarayon bilan tanishib, qurilayotgan proyekt davlat ahamiyatiga molik ekani, respublikada birinchi marta qurilayotgani, aholiga qulaylik yaratish hamda sifatli yo‘l topshirish kerakligini aytib, yo‘lsozlarga kerakli tavsiyalarini berdi.

Namangan viloyat Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yanginamangan

"OBOD QISHLOQ" dasturi doirasida Yangi Namangan tumani Sherbuloq mahallasida asfalt yotqizish ishlari bajarilmoqda. Jarayonlar bilan quyidagi video rolik orqali tanishishingiz mumkin

Namangan viloyat Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
#МУНОСАБАТ

"Қўрқма|расмий" телеграм каналида чиқарилган Наманган шаҳар Хамрох кўчасидан ўтган ичимлик суви назорат қудуғининг қопқоғи йўқлиги юзасидан тезкор ўрганиш ўтказилди.

Ўрганиш натижасида номаълум шахслар томонидан қопқоқнинг ўғирлаб кетганлиги аниқланди.

Харакат хавфсизлигини таъминлаш мақсадида Жамиятининг шахар бўлими ходимлари томонидан янги қопқоқ ўрнатиб қўйилди.

@Qorqma_Uzbegim
#Toraqurgon

Namangan viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi To‘raqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan, Namangan shahar Axsikent MFYda asfaltlash ishlari bajarilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlardan esa xalqni roziligini olish maqsadi ko‘zlangan

Namangan viloyat Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
#Toraqurgon

Namangan viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi To‘raqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan, 4H-440 hamda 4H-493 avtomobil yo‘llarida joriy ta'mirlash ishlari bajratilib, mazkur yo‘llarda tabiiy hosil bo‘lgan chuqurlarga geometrik shakl berish keyingi bosqichda esa asfalt-beton qorishmasi yotqizish ishlari bajarilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlardan esa xalqni roziligini olish maqsadi ko‘zlangan

Namangan viloyat Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul