Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
183 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
419 links
Download Telegram
Эътироф

Хабарингиз бор, жорий йилнинг 15-16 сентябр кунлари Самарканд шаҳрида юқори даражадаги сиёсий Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг 15 та хорижий давлатларининг навбатдаги саммити бўлиб ўтди.

Бунга кўра, Саммитга тайёргарлик доирасида Самарқанд шаҳри бўйлаб улкан меъморий, бунёдкорлик ва ободонлаштириш, йўл инфратузилмасини яҳшилашга доир жуда катта  ишлар амалга оширилди.

Ҳусусан, Самарқанд шаҳрининг марказий кўчалари, вилоятларни боғловчи М-37, М-39 магистрал йўллар, шунингдек тарихий обидаларга олиб борувчи жаъми 120 км га яқин йўлларда реконструкция ишлари
олиб борилиб, бош пудратчи Автомагистрал ихтисослаштирилган йўл қурилиш таъмирлаш бирлашмаси томонидан қарийб 350 минг тонна асфалтбетон қоришмаси ётқизилди.

Қурилиш ишларини бажаришда қўлланилган материалларни кириш назоратидан ўтказиш, асфалтбетон қоришмасини ишлаб чиқариш, қолаверса уни объектга ётқизишгача бўлган барча жараёнда Германия ва Туркия
давлатларидан жалб қилинган муҳандис консултантлар, Узйўлинспекция, хамда Наманган вилоят мустақил синов лабораториялари уюшмаси билан ҳамкорликда илгор технологияларни куллаш, факатгина сифати
кафолатланган материалларни ишлатиб, нафакат Узбекистон, балким халкаро стандартлар талабларига хам мувофик келувчи   сифатни таъминлашга эришилди.

Шу ўринда алоҳида таъкидлаш жоизки, йўлларнинг ривожланган давлатлар тажрибасига таянган ҳолда сифатли қурилишида, Наманган вилояти
мустақил синов лабораториялари уюшмасининг 20 дан ортик мутахассислари юлсозлар билан кечаю кундуз ёнма ён туриб мехнат килишди.

Муҳим аҳамиятга эга бўлган мазкур йўлнинг қурилиш жараёнларида фаол қатнашгани учун Наманган вилояти Автомобил йўллари соҳасида ишловчи бир гуруҳ ходимлар раҳматнома ва эсдалик совғалари билан тақдирланди.

Йўл қурилиши соҳаси мураккаб ва оғир меҳнат талаб қилувчи соҳа эканига қарамай, савобли экани айтилиб, ташкилотчилар томонидан соҳа мутахассисларига миннатдорчилик билдирилди

Наманган вилоят автомобил йўллари бош бошқармаси ахборот хизмати
#munosabat           

  Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan "Namangan tumani Chag‘ir MFY ichki yo‘lining holati yaxshi emas"ligi bo‘yicha yo‘llangan murojaatni o‘rganib Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Namangan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022 yildagi PQ-172-son
“2022 - 2026 - yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan "Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o‘tkazish “Shaffof qurilish” platformasi orqali “Yo‘l loyiha taraqqiyot” MCHJ tomonidan tayyorlangan loyiha-smeta xujjatlariga asosan Namangan tuman Chag‘ir MFY xududidagi umumiy uzunligi 1900 metr Umid istiqboli ko‘chasining 840 metr qismiga sement beton qoplama qurilgan. Umumiy uzunligi 1500 metr bo‘lgan Uchqun ko‘chasining 745 metr qismiga asfalt beton qoplama qurilgan. Umumiy uzunligi 3300 metr bo‘lgan Sirdaryo ko‘chasining 1915 metr qismida shag‘allashtirish ishlari bajarilgan.

Yo‘l qurilishi bo‘yicha" Obod qishloq" davlat dasturida ko‘rsatilgan barcha ishlar mukammal yakuniga yetkazilgan.

Mahallaning murojaatda ko‘rsatilgan qismi "Obod qishloq" dasturiga kiritilmagan.

Mahalla masjidiga olib boruvchi yo‘lning boshlanish qismi pastlik bo‘lgani uchun yomg‘ir suvi to‘planib botqoqlik yuzaga kelgani kuzatilgan.

Aholiga harakatlanishda noqulaylik yuzaga kelayotganini inobatga olib, Namangan tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan "Yangi" ko‘chasining 700 metr qismi, "Sirdaryo" ko‘chasining boshlanishida chuqurlik yuzaga kelgan 50 metr qismida shag‘allash ishlari olib borildi.

Shag‘allash yakunlansa, mayda tosh (sheben) to‘kilib yo‘l tekis holatga keltirilishini ma’lum qilamiz

Namangan viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namavtoyol
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan Namangan tuman Chag‘ir mahallasida yo‘l bilan bog‘liq noroziliklar yuzaga kelgani yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Namangan tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan "Yangi" ko‘chasining 700 metr qismi, "Sirdaryo" ko‘chasining boshlanishida chuqurlik yuzaga kelgan 50 metr qismida shag‘allash ishlari olib borildi.

Shag‘allash yakunlansa, mayda tosh (sheben) to‘kilib yo‘l tekis holatga keltirilishini ma’lum qilamiz

Namangan viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namavtoyol
"Яшил макон" долзарб 40 кунлик тадбири Чуст туманида ҳам кўтаринки руҳда бошланди.

Туманнинг "Садача" маҳалласи ҳудудида яшил боғ яратиш кўзда тутилган бўлиб, туман ҳокимлиги, Наманган вилоят экология бошқармаси, "Наманганйўлкўкалам" унитар корхонаси ишчи ходимлари ва бошқа мутасадди ташкилотлар ҳамкорликда Павлония, каталпа, дуб каби манзарали дарахт ва бута кўчатлари экилмоқда.

Кўтаринки руҳда бошланган дарахт экиш тадбирида ёши улуғ отахонлар, ёшлар ва фаоллар завқ билан иштирок этишмоқда.

Тумандан йил охирига қадар 467 мингдан ортиқ мевали, манзарали ва бута кўчатлари экиш режалаштирилган.
#Namangantuman

Ayni paytda Yangiqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan tuman hududidan o‘tuvchi 4R-115 "Namangan - Toshbuloq- Shaxand" avtomobil yo‘lining 0-1-kilometrlarida joriy ta'mirlash ishlari bajarildi

Namangan viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namavtoyol
#YangiNamangan

Namangan viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi Namangan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan, Yangi Namangan tumani Sahovat MFY hududidan o'tuvchi 4P-214 "Namangan - Qozoqovul - Kosonsoy" avtomobil yo'lining 11-12-kilometrlari oralig'idagi yo‘lni joriy ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.

Mazkur yo'ldagi ishlar bir dona avtogreydor, bir dona vodovoz, bir dona ekskovator, ikki dona kotok, 6 dona somasval yordamida amalga oshirilmoqda.

Hudud infratuzilmasi va odamlar turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladigan bunday o‘zgarishlar barchani birdek quvontirmoqda.

Qolaversa, sifatli va chidamli yo‘l qoplamalari mahalla ko‘chalarining obod va ko‘rkam bo‘lishi hamda hudud aholisi va transportlarning chang va loydan holi harakatlanishini ta’minlashi bilan ahamiyatlidir.

Namangan viloyat Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati