A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
137K subscribers
4.93K photos
990 videos
95 files
3.4K links
Download Telegram
▶️TALIS 2024 asosiy so'rovnoma jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vebinar-trening o'tkazildi!

💬Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida 2024-yil 1-mart kuni TALIS 2024 asosiy so‘rovnomasida "Maktab koordinatorlarining vazifalari" to‘g‘risida vebinar-trening tashkil etildi.

TALIS 2024 tadqiqoti uchun tasodifiylik asosida 14 ta hududlardan jami 210 ta maktablar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tanlangan bo'lib, joriy yilning 5-31- mart kunlari taxminan 4200 nafar o‘qituvchilar asosiy so'rovnoma jarayonlarida ishtirok etadilar.

♨️Ma'lumot o'rnida:
▪️TALIS
(Teaching and Learning International Survey) — o'qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta'lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o'qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo'yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o'z fikrini bildirish imkonini beradi.

Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o'qitish va o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo'nalishlarni ko'rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma'lumotlar taqdim etish.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💬Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayoni natijalariga ko‘ra 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha 14 nafar talabgor va 13.00.07-Ta’limda menjement ixtisosligi bo‘yicha 23 nafar talabgor MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul qilindi. Jarayonlar onlayn translyatsiya orqali yoritib borildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan ta'limdagi yangiliklar va islohotlar.

❗️Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayram

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
🌺🌺🌺

Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida jamoa ayol-qizlari uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori A.Ismailov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Institut rektorining xorijiy maslahatchisi Islam Elhadary ham ayol-qizlarni bayram bilan qutladi.

Bayram tadbirida ayollar uchun tayyorlangan tabrik videoroligi namoyish etildi.

Jamoaning faol ayol-qizlari tashakkurnoma bilan taqdirlanib, barcha xotin-qizlar uchun bayram sovg‘alari ulashildi hamda ajoyib kuy-taronalar yangradi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri jamoaning ayol-qizlariga ko'tarinki ruh baxsh etdi!

🌷Mo'tabar onaxonlar, aziz opa-singillar!
Barchangizga 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.

Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Vazirimiz Hilola O‘ktamovnani sharafli ko‘krak nishoni va kirib kelayotgan 8-mart xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mamlakat taʼlimi taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Hurmat bilan,
A.Avloniy nomidagi
milliy-tadqiqot instituti jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌺A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti jamoasi yigitlarining 8-mart xalqaro xotin qizlar kuniga bayram tabrigi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazildi

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan mazkur kurs tinglovchilari maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, taʼlim menejmenti, o‘zini va o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlash modullari bo‘yicha yakuniy sinovlari (test, keys hamda amaliy topshiriqlar)ni topshirdilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM Metodik yordam
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏀🔟 Ochkolar

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda PISA 2022 tadqiqotida foydalanilgan va ochiq eʼlon qilingan navbatdagi "Ochkolar" nomli topshiriqning bajarilishi bo‘yicha tayyorlangan videodars.

Videodarslar (1, 2, 3) orqali oʻquvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalarning tasavvurlarini boyitish, ularning xabardorligini oshirish, yoshlarda hayot bilan bogʻlangan masalalarni yechish koʻnikmalarini shakllantirish maqsad qilingan.

👉 Topshiriqni bajarib koʻring
: https://bit.ly/3TyLEZF

Soʻng videodarsni koʻrib uni qay darajada toʻgʻri bajarganingizni tekshirib koʻrishingiz mumkin bo‘ladi.


🌐 Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/R6R4-ppAIbU

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM